Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet96/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli nazariyasini qanday tushunasiz?

  2. Tarixiy aylanma nazariyalar haqida nimalarni bilasiz?

  3. Ijtimoiy taraqiyot haqida hozirgi zamon fani qanday fikrlarni ilgari suradi?

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy taraqqiyot murakkab dialektik jarayon ekanligi, evolyutsion taraqqiyot, inqilobiy taraqqiyot ularning mazmun-mohiyati, O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mazmuni tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy taraqqiyotning dialektik jarayon ekanligi tushuntiriladi.

  2. Evolyutsion taraqqiyot va inqilobiy taraqqiyot mazmuni izohlanadi.

  3. O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot masalalariga qaratilayotgan e’tibor izohlanadi.

3-asosiy savolning bayoni:
Ijtimoiy taraqqiyotning muhim muammolaridan birini uning qay tarzda kechishi muammosidir. Ijtimoiy taraqqiyot dialektik ziddiyatli jarayon, uning oqibatida eski, avvalgi jamiyatning o’rnini yangi jamiyat egallaydi. Demak, jamiyat taraqqiyoti uning bir sifat bosqichidan ikkinchisiga o’tishdir. Bunday o’tish o’z harakteriga ko’ra ikki turda namoyon bo’ladi.
1) Evolyutsion taraqqiyot,
2) Inqilobiy taraqqiyot.
Evolyutsiya lotincha “ebolitio” so’zidan olingan bo’lib, rivojlantirish, avj oldirish ma’nolarini anglatadi. Evolyutsion o’tish tadrijiy rivojlanish usuli hisoblanadi. Bunda ijtimoiy taraqqiyot asta-sekinlik bilan sodir bo’ladi. Jamiyat taraqqiyotining inqilobiy yo’li uning bir sifat bosqichidan ikkinchisiga portlash yo’li bilan, zo’rlik yo’li bilan o’tishdir. Inqilob arabcha so’z bo’lib, ag’darilmoq, ko’tarilmoq ma’nolarini ifodalaydi. Inqilob jamiyat taraqqiyotining bosqichma-bosqich, tadrijiylik holatidan keskin sifat o’zgarishlariga o’tish jarayonlarini anglatadi. Jamiyatning bir holatidan ikkinchisiga portlash yo’li bilan o’tishi sotsial inqiloblar orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy inqilob jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotdagi keskin burilishlarni, keskin sifat o’zgarishlarini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy inqilob deb siyosiy tizimni zo’rlik bilan ag’darib tashlash nazarda tutiladi. Ulug’ mutafakkirlar inqilob vayrongarchilikka asoslangan odamlarning moddiy va ma’naviy asoslariga zarar etkazadigan, qadriyatlarni yo’q qiladigan ijtimoiy hodisa ekanligini ko’rsatganlar.
O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ijtimoiy taraqqiyotning evolyutsion yo’lini tanlab oldi. Bu yo’l ijtimoiy taraqqiyotning «o’zbek modeli» nomi bilan mavjud. Bu yo’l mohiyati Respublika Prezidenti I.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida nazariy jihatdan asoslab berildi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» ijtimoiy larzalarsiz, inkilobiy sakrashlarsiz, o’zimizga xos tadrijiy yo’ldan borish, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishni nazarda tutadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling