Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet95/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Taraqqiyot va ijtimoiy taraqqiyot deaganda nimani tushunasiz?

  2. Ijtimoiy progress va ijtimoiy regress tushunchalarini mazmunini izohlang?



2-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy taraqqiyot haqidagi tarixiy va zamonaviy nazariyalar va ularning ahamiyati tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli nazariyalari tushuntiriladi.

  2. Tarixiy aylanma nazariyasi va uning mohiyati izohlanadi.

  3. Tarixiy taraqqiyot haqida bugungi kun nazariyalari tushuntiriladi.



2-asosiy savolning bayoni:
Ijtimoiy taraqqiyot nima? U qanday tarzda kechadi? Tarixiy jarayonlarning mohiyatini nima tashkil etadi? Insoniyat taraqqiyoti tarixi qaysi yo’nalishda amalga oshadi? degan savollarga qadimdan olimlar javob izlaganlar. Tarixiy jarayonlar, uning maqsadi, yo’nalishlari haqida qadimdan bir qator nazariyalar yaratilgan.
Bular.
1. Tarixiy jarayonlar, ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli nazariyalari
2. Tarixiy aylanma nazariyasi.
3. Tarixiy taraqqiyot haqidagi hozirgi zamon nazariyalari.
Tarixiy taraqqiyotning chiziqli taraqqiyot ekanligi haqidagi qarashlar deganda olamning yaratilishdan boshlangan taraqqiyot yo’li bir yo’nalishda, tekis davom etishi nazarda tutiladi.
Ko’pgina antik davr olimlari tarixiy taraqqiyotni chiziqli taraqqiyot sifatida izoxlaganlar. Antik davr olimlari Pifagor (er.av. 480-410 yillar) va Demokrit (er.av. 460-370 yillar) insoniyat tarixi doimo ilgarilanma taraqqiy etgan, bu yovvoyilikdan oltin asrga qarab boradigan taraqqiyot, deb hisoblaganlar.
Ayrim faylasuflar, masalan Gesiod, Seneka, (mil.av. V-IV, VI-V asrlar) jamiyat taraqqiyotini regress – orqaga qaytish tarzida tushunganlar. Ularning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot «oltin asr»dan «temir asri»ga qarab boradi, ya’ni orqaga qaytadi. Bunda jamiyat emiriladi, axloq yo’qoladi.
Ijtimoiy taraqqiyotining doiraviyligi yoki tarixiy aylanma nazariyasi qadimgi yunon faylasuflari Aflotun, Arastu tomonidan ilgari surilgan. Ular insoniyat taraqqiy etib boradi, lekin bu taraqqiyot doiraviy tarzda sodir bo’ladi va jamiyat taraqqiyot natijasida doimo o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi, deb hisoblaganlar.
O’rta asr faylasuflari ijtimoiy taraqqiyotni inkor etmaganlar, lekin bu taraqqiyotni Xudoga bog’lab tushuntirganlar.
Insoniyat tarixida umumiylik va xilma-xillik italiyalik faylasuf Djambattista Viko tomonidan asoslab berilgan. U o’zining «Millatlarning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fanning asoslanishi» kitobida er yuzidagi barcha millatlar taraqqiyotining uch davri doirasida tsiklik rivojlanib borishi to’g’risidagi tarixiy aylanma nazariyasini ishlab chiqqan. Bular:
1. «Xudolar asri» - homiylarga bo’ysunish davri;
2. «Qahramonlar asri» - aristokratik davlat davri;
3. «Insonlar asri» - vakolatli monarxiya yoki demokratik respublika davri. Har bir bosqich oxir oqibat inqirozga uchraydi va parchalanib ketadi, va har safar tarixda shu tarzdagi aylanma harakat takrorlanadi, deb hisoblagan.
Hozirgi zamon falsafasida tarixiy taraqqiyot muammosi bo’yicha asosan ikki xil nuqtai-nazar mavjud:
a) Jamiyat taraqqiyotiga formatsion yondashuv;
b) Tsivilizatsion yondashuv.
Tarixiy jarayonlarga formatsion yondashuvga ko’ra, insoniyat tarixi yaxlit tabiiy-tarixiy jarayon. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning ketma-ketlikda o’rin almashuvi jarayonidir. Ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalar to’g’risidagi falsafiy ta’limot Karl Marks tomonidan ilgari surilgan. Bu ta’limotga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Jamiyatlar taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o’zaro almashinuvi tarzida kechadi. Marks jahon tarixini bir – formatsiyadan ikkinchi formatsiyaga o’tishdan iborat chiziqli rivojlanish sifatida tahlil etdi. Marksning ijtimoiy taraqqiyot to’g’risidagi qarashlari tarixni materialistik tushunish nazariyasi, deb yuritiladi.
Formatsiyali taraqqiyot deganda
1) Ibtidoiy jamoa tizimi,
2) Quldorlik,
3) Feodalizm,
4) Kapitalizm,
5) Sotsializm formatsiyalari nazarda tutiladi.
Ijtimoiy taraqqiyotga formatsion munosabat tarixning mohiyatini tushunishga ma’lum darajada imkon beradi, lekin Marks tomonidan ilgari surilgan tarixni materialistik tushunish nazariyasining bir yoqlamaligi tobora ayon bo’lib qolmoqda, zotan tarixiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jamiyat hayoti asosini belgilashi shart emas. Turli xalqlar, mamlakatlarning tarixini uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida tushunish etarli emas. Hozirgi davrda jamiyatlar taraqqiyotini 5 formatsiyadan iborat, taraqqiyotning o’zi uzluksiz chiziqli rivojlanish tarzida kechadi, degan qarash ijtimoiy taraqqiyotning butun murakkabliklarini tushunishga etarli imkon bermaydi.
XIX-XX asrlarda ijtimoiy taraqqiyotga tsivilizatsiyali yondashuvi qaror topa boshladi. Bu nuqtai-nazarga ko’ra, insoniyat tarixi ko’pdan-ko’p turli tsivilizatsiyalar tarzida namoyon bo’ladi.
Tsivilizatsiyani yondashuv faylasuflar Nikolay Danilevskiy, Osvald Shpengler, Arnold Toynbi kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Jamiyat taraqqiyotiga tsivilizatsiyali yondashuv muayyan jamiyatning ijtimoiy-ruhiy qiyofasi, xalqning mentaliteti haqida fikr yuritish, jamiyat taraqqiyotida madaniyatning o’rnini to’g’ri tushunish imkonini beradi. Tarixiy taraqqiyot bu insoniyat tsivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyotidir.
Ijtimoiy taraqqiyotga tsivilizatsiyali munosabat, madaniy taraqqiyotni inson va jamiyat rivojlanishining asosiy omili sifatida olib qarash imkonini beradi.
Tsivilizatsiyali yondashuv insoniyat tarixiga o’ziga xos takrorlanmas ijtimoiy voqelik, deb qarashga asoslangan. Bunda har bir tsivilizatsiya o’zining shakllanishi va taraqqiyoti jarayonida muayyan asosiy bosqichlarni bosib o’tadi. Jamiyat tarixiga tsivilizatsiyali yondashuv formatsion yondashuvdan bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi:
1) U barcha jamiyatlarni emas, balki jamiyat taraqqiyotidagi alohida bosqich, alohida tsivilizatsiyalarni o’rganishga qaratilgan.
2) Formatsion qarashda asosiy e’tibor jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga qaratilgan bo’lsa, tsivilizatsiyali yondashuvda ma’naviy omillar asos sifatida olinadi.
Bu yondashuvga ko’ra tsivilizatsiyali taraqqiyot 2 bosqichda namoyon bo’ladi. Bu – tsivilizatsiyaga qadar bo’lgan taraqqiyot, tsivilizatsiyali taraqqiyot.
Nikolay Danilevskiy (1822-1885 y.) madaniy-tarixiy taraqqiyot (tsivilizatsiya)ning tiplarini faoliyat turlari asosiga qurgan. Uning fikricha, tsivilizatsiya inson faoliyatining eng muhim to’rt turi: a) diniy, b) madaniy, v) siyosiy, g) iqtisodiy-siyosiy tiplarda namoyon bo’ladi. Xuddi tirik organizmlarda bo’lgani singari jamiyatning madaniy-tarixiy tiplari o’zaro bir-biri va tashqi muhit bilan kurashadi va har bir tip to’rt bosqichni o’z boshidan kechiradi, tug’ilish, kuchga to’lish, keksayish va halokat (degradatsiya). Olim madaniy-tarixiy taraqqiyot qonunlari haqida fikr yuritadi.
Nemis olimi Osvald Shpengler umuminsoniy madaniyat yo’q, alohida, boshqalardan farq qiladigan madaniyat bor, deb hisoblaydi. U insoniyat tarixida 8 madaniyat turi: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-Rim, Arab, G’arbiy Evropa va Mayya madaniyatlarini ko’rsatgan. Har bir madaniy organizm muayyan bir davr mobaynida mavjud bo’ladi (tahminan ming yil), so’ng tsivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Madaniyatning har bir turi o’zining chuqur mazmuniga ega va insoniyat tarixida muhim o’rin tutadi. Madaniyatlar taqdiri, tili va qalbini anglay bilish tarixni anglashdir, deb hisoblaydi olim.
Ijtimoiy taraqqiyotga tsivilizatsiyali, yondashuv vakili ingliz olimi Arnold Toynbi (1889-1975 yillar) bo’lib hisoblanadi. Tarix, deb fikr yuritadi olim, alohida o’ziga xos tsivilizatsiyalar tarixidan iborat. Toynbi tsivilizatsiyani dinamik harakterga ega, deb biladi. Har bir tsivilizatsiya shakllanish, taraqqiyot, tanazzul, emirilish tarixiy bosqichlarini o’z boshidan kechiradi va o’z o’rnini yangi tsivilizatsiyaga bo’shatib beradi. Arnold Toynbi ijtimoiy taraqqiyotning sabablaridan biri deb ma’naviy yuksalishni ko’rsatadi. Olim tsivilizatsiyalar orasida O’rta Osiyo tsivilizatsiyasiga alohida o’rin ajratgan. U o’zining «Tarixni bilish» asarida tsivilizatsiyaning 13 tipini ajratib ko’rsatgan. Ijtimoiy taraqqiyot, tarixning mohiyati muammosi XIX asr oxiri va XX asrda nemis faylasufi Karl Yaspers, amerikalik olimlar Olvin Toffler va Fransis Fukuyama qarashlarida o’z ifodasini topgan. Nemis faylasufi Karl Yaspers 1949 yilda nashr etilgan «Tarixning ma’nosi va vazifasi» asarida jamiyatning ob’ektiv qonunlari mavjudligini inkor etadi. U ijtimoiy taraqqiyot haqida «Jahoniy vaqt o’qi» g’oyasini ilgari suradi va jahon taraqqiyotining bir-biridan farqlanadigan to’rt davrini ko’rsatib o’tadi. Dastlabki ikki davrda odamlar tilga ega bo’ldi, mehnat qurollarini yaratdi va olovni kashf etdi. Buning natijasida miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarda Hindiston, Xitoy, Misr, Mesopotamiya madaniyati shakllandi.
Uchinchi davr miloddan avvalgi 8-2 asrlar – Yunonistondan Xitoyga qadar ma’naviy yuksaklik qaror topdi. Bu davr cheksiz imkoniyatlarni vujudga keltirdi. To’rtinchi davrni XVII-XX asrlarda Evropada ilmiy-texnik tsivilizatsiyasining qaror topish davri bo’ldi, deb ta’riflaydi olim.
Amerikalik olim Frensis Fakuyama ijtimoiy taraqqiyot haqida «tarixning intihosi» g’oyasini ilgari surdi. U tarixning intihosida jamiyat va davlat inson uchun maqbul shaklga kela biladi, jamiyatda liberal g’oyalar g’alaba qozonadi. Jamiyatni tashkil etilishining eng maqbul yo’li – liberalizmdir, deb hisoblaydi. Olim insoniyat tarixining mohiyatini jamiyat a’zolarining barcha manfaatlarini qondira oladigan, barcha asosiy ziddiyatlar echimini ta’minlay oladigan jamiyat qurish tashkil etadi, degan xulosaga keladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling