(salomas) gidrogenizatsiyalangan rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan moy (yog‘) — o‘simlik moylarini gidrogenizatsiyalab hayvon yog‘i, dengiz sutemizuvchilari va baliq moylarini qo‘shib yoki qo‘shmasdan olingan, rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash jarayonidan o‘tgan ozuqaviy mahsulotlar uchun xomashyo;
pereeterifikatsiyalangan rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan moy (yog‘) — o‘simlik moylariga hayvon yog‘larini, dengiz sutemizuvchilari va baliq moylarini qo‘shib yoki qo‘shmasdan pereeterifikatsiyalash va dezodoratsiyalashdan o‘tgan ozuqaviy mahsulotlar uchun xomashyo;
mahsus qo‘llanishga mo‘ljallangan yog‘lar (non, qandolat mahsulotlari, pishiriq uchun yog‘lar va boshqalar) — tarkibidagi yog‘ning massa ulushi 98 foizdan kam bo‘lmagan, turli sanoat tizimlarida qo‘llash uchun modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan o‘simlik moylaridan hayvon yog‘lari yoki ularning aralashmasini qo‘shib yoki qo‘shmasdan, shuningdek, ozuqaviy qo‘shimcha va ingrediyentlar qo‘shib yoki qo‘shmasdan olingan yog‘li mahsulot;
margarin — tarkibidagi yog‘ning massa ulushi 20 foizdan kam bo‘lmagan, modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan o‘simlik moylaridan hayvon yog‘lari yoki ularning aralashmasini qo‘shib yoki qo‘shmasdan, suv, sut va (yoki) uni qayta ishlab olingan mahsulotlar, shuningdek, ozuqaviy qo‘shimcha va ingrediyentlar qo‘shib yoki qo‘shmasdan tayyorlangan emulsiyali yuqori dispersli yog‘li mahsulot;
qattiq margarin — plastik zich konsistensiyaga ega va 20 +/-2 0S haroratda o‘z shaklini saqlab turadigan margarin;
yumshoq margarin — 10 +/-20S haroratda plastik yumshoq konsistensiyaga ega margarin;
suyuq margarin — suyuq konsistensiyaga ega suyuq margarinning aniq qo‘llanish doirasiga ko‘ra ma’lum haroratda bir xil emulsiya xususiyatini saqlab qoluvchi margarin;
sut yog‘ining o‘rnini bosuvchi mahsulot — tarkibidagi yog‘ning massa ulushi 99 foizdan kam bo‘lmagan modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan o‘simlik moylaridan, erish harorati 36ºS dan ko‘p bo‘lmagan, 36ºSda tarkibidagi qattiq triglitseridlarning massa ulushi 5 foizdan, yog‘ kislotalari miqdoridagi to‘yingan kislotalarning massa ulushi esa 65 foizdan ko‘p bo‘lmagan ozuqaviy qo‘shimchalar qo‘shib yoki qo‘shmasdan olingan mahsulot;
Do'stlaringiz bilan baham: |