Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить сло


genetik modifikatsiyalangan organizmlar


Download 1.94 Mb.
bet8/15
Sana28.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1235897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Muhriddin 3

genetik modifikatsiyalangan organizmlar — nasldan-naslga irsiy ma’lumotlarni uzatish yoki ishlab chiqarishga layoqatli bo‘lgan, shuningdek, tabiiy organizmlardan farq qiladigan, gen-injenering usullarini qo‘llab olingan va gen-injenering ma’lumotlarni saqlaydigan genlar, ularning bo‘laklari va genlar kombinatsiyasidan hosil bo‘ladigan organizm yoki bir nechta organizmlar, barcha hujayrasiz, bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali hosilalar;
rafinatsiyalash — o‘simlik moyi va (yoki) yog‘lar, (yoki) hayvon yog‘lari va o‘simlik moylarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni quyidagi tozalash jarayonlari: gidratatsiya, neytrallashtirish, yuvish, quritish, oqlash, filtrlash, dezodoratsiyalash yoki moyni va (yoki) yog‘ni (yoki) hayvon yog‘lari va o‘simlik yog‘larini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning qo‘llanilishiga ko‘ra bu jarayonlarning ba’zilarining majmuasidan iborat;
gidratatsiya — o‘simlik moylari va (yoki) yog‘lar tarkibidagi fosfor tutuvchi moddalarni kimyoviy, mexanik va boshqa yo‘llar bilan yo‘qotish orqali qayta ishlash;
dezodoratsiyalash — o‘simlik moylari va (yoki) yog‘lardan qizdirilgan bug‘ bilan vakuum ostida uchuvchi, hid beruvchi va ta’m beruvchi moddalarni yo‘qotish;
distillatsiyalash orqali neytrallashtirish — erkin yog‘ kislotalari, hid beruvchi va boshqa uchuvchan moddalarni qizdirilgan bug‘ bilan vakuum ostida haydash bilan yo‘qotishning yuqori harorratli jarayoni;
distillatsiyalash — bug‘lanish hamda hosil bo‘lgan bug‘larni kondensatsiyalash yo‘li bilan tozalash jarayoni;
o‘simlik moylari va (yoki) yog‘larni modifikatsiyalash (genetik modifikatsiyalashdan tashqari) — o‘simlik moylari va (yoki) yog‘larni gidrogenizatsiyalash, pereeterifikatsiyalash, fraksiyalash jarayonlari yoki ularning kombinatsiyalari yordamida kimyoviy, biokimyoviy yoki fizik qayta shakllantirish;
gidrogenizatsiyalash — o‘simlik moylari tarkibiga kiruvchi glitseridlar yog‘ kislotalarining to‘yinmagan bog‘larini vodorod bilan qisman yoki to‘liq to‘yintirish jarayoni;

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling