Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить сло


-§. Yog‘-moy mahsulotlarini tashishga qo‘yiladigan talablar


Download 1.94 Mb.
bet11/15
Sana28.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1235897
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Muhriddin 3

6-§. Yog‘-moy mahsulotlarini tashishga qo‘yiladigan talablar
55. Yog‘-moy mahsulotlarini tashish, ularning xavfsizligini va butligini ta’minlaydigan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari ushbu maqsadlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Tashish sharoitlarini yuk ortuvchi belgilaydi. Ushbu sharoitlar ishlab chiqaruvchi tomonidan tashish uchun belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.
56. Transport vositalarining yuk bo‘limlari konstruksiyasi yog‘-moy mahsulotlarini zararlanishdan himoyalaydigan va davriy sanitariya tozalash ishlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Transport vositalarining yuk bo‘limlari ichki yuzalari yaxshi yuviladigan va toksik bo‘lmagan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak. Transport vositalarining ichki bo‘linmalarining sanitariya tozalash va dezinfeksiya qilish davriyligi ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini tashish xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taraf tomonidan belgilanadi.
57. Yog‘-moy mahsulotlarini ularning qadog‘ini ifloslantiradigan va kuchli (begona) hidli yuklar bilan birga tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
58. Yog‘-moy mahsulotlari yuk jo‘natish hujjatlari bilan jo‘natilishi kerak.
7-§. Yog‘-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
59. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yog‘-moy mahsulotlari “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan ozuqaviy mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlarining qarorlari bo‘yicha qaytarib olinib utilizatsiya (qayta ishlash)ga beriladi.
60. Qaytarib olinib utilizatsiya (qayta ishlash)ga berishga mo‘ljallangan yog‘-moy mahsulotlari miqdori ko‘rsatilgan holda boshqa yog‘-moy mahsulotlariga tegishiga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoitlarda alohida saqlanishi kerak.
61. Yog‘-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) shart-sharoitlari yog‘-moy mahsuloti egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
62. Yog‘-moy mahsulotlarini utilizatsiya qilish (qayta ishlash), uning egasi yoki egasi tomonidan ushbu ishlarni shartnoma asosida bajarish topshirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
63. Yog‘-moy mahsulotlarini utilizatsiya qilish (qayta ishlash) mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat nazorati organlari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan komissiya ishtirokida yog‘-moy mahsulotlari haqiqatda utilizatsiya qilinganligini (qayta ishlanganligini) tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
64. Yog‘-moy mahsulotlarining egasi uning haqiqatda utilizatsiya qilinganligini (qayta ishlanganligini) tasdiqlovchi hujjatni davlat nazorat organlariga taqdim etadi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling