Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить сло
-§. Yog‘-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarishga qo‘yiladigan talablar
Download 1.94 Mb.
|
Muhriddin 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-§. Yog‘-moy mahsulotlarini sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
- 4-bob. Yog‘-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan o‘tkazish 10-§. Identifikatsiya qilish
8-§. Yog‘-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarishga qo‘yiladigan talablar
65. Yog‘-moy mahsulotlarining har bir turkumi yog‘-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumot kiritilgan jo‘natish hujjatlari bilan muomalaga chiqarilishi kerak. 66. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yog‘-moy mahsulotlari muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 67. Muomalaga chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda yog‘-moy mahsulotining egasi tomonidan muomaladan chiqarilib Texnik reglamentning 59 — 64-bandlariga muvofiq qaytarib olinadi va utilizatsiya qilinadi (qayta ishlanadi). 9-§. Yog‘-moy mahsulotlarini sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar 68. Yog‘-moy mahsulotlarini sotuvga chiqarishda ularning ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari uchun — yaroqlilik muddati, ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlari uchun saqlash muddati davomida mazkur Texnik reglament talablariga asosan xavfsizligi ta’minlanishi kerak. 4-bob. Yog‘-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan o‘tkazish 10-§. Identifikatsiya qilish 69. Identifikatsiya qilish deganda muvofiqlikni baholash maqsadida taqdim etilgan yog‘-moy mahsulotlarining qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlari va tamg‘alashda ko‘rsatilgan aniq belgilariga o‘xshashligi aniqlanishi tushuniladi. 70. Yog‘-moy mahsulotlarini idenfikatsiya qilish mahsulot nomlanishi va (yoki) mahsulotning mazkur Texnik reglamentda ushbu mahsulot ta’rifida keltirilgan, vizual va (yoki) orgonaleptik va (yoki) analitik usulda aniqlangan belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi. Yog‘-moy mahsulotlarini identifikatsiyalash quyidagi bir va (yoki) bir necha usulda amalga oshiriladi: nomlanishi bo‘yicha — iste’mol qadog‘idagi tamg‘alashda va/yoki mahsulotning yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan yog‘-moy mahsuloti nomlanishi va qo‘llanishini yog‘-moy mahsulotlarining turini aniqlashda belgilangan nomlanishi bilan solishtirgan holda; ko‘z bilan ko‘rish (vizual) usuli — yog‘-moy mahsulotini tashqi ko‘rinishini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 1, 2 va 3-ilovadagi ta’rifda keltirilgan belgilar bilan solishtirish; organoleptik usul — yog‘-moy mahsulotlarining organoleptik ko‘rsatkichlarini mazkur Texnik reglamentda ushbu yog‘-moy mahsulotlari uchun keltirilgan ta’rifdagi belgilarga solishtirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Organoleptik usul yog‘-moy mahsulotini nomlanishi va vizual usul bilan idenfikatsiyalashning imkoni bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Mahsulotda mikrobli buzilish alomatlari bo‘lgan holda mahsulotning organoleptik ko‘rsatkichlarini baxolash istisno qilinadi; tahlil qilish usuli — yog‘-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 3 va 11-ilovalarda keltirilgan belgilarga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Tahlil qilish usulidan yog‘-moy mahsulotini nomlanishi, vizual yoki organoleptik usullar bilan identifikatsiyalashning imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi. 71. Mazkur Texnik reglamentdagi texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga tegishliligini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalashda bu jarayonlar aynan yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish maqsadida amalga oshirilishi va ushbu mahsulotga bo‘lgan xavfsizlik talablari ta’minlanishiga ishonch hosil qilinishi kerak. Ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalash ushbu jarayonlarni ko‘z bilan ko‘rib baholash orqali amalga oshiriladi. 72. Identifikatsiyalash keng qamrovli baholash tusiga ega bo‘lib, unda yog‘-moy mahsulotlarini organoleptik va fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari hamda mahsulotlarning qalbakilashtirilishini aniqlashga imkon beradigan, shu jumladan, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning (o‘simlik moylarida eruk kislotasi, yog‘ kislotalari tarkibi va yog‘ kislotasi trans izomerlari) sinov usullari qo‘llaniladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling