Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить сло
Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar
Download 1.94 Mb.
|
Muhriddin 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog‘-moy mahsulotlarini saqlashga qo‘yiladigan talablar
Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar
17. Yog‘-moy mahsulotlarining qadog‘i, ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining yaroqlilik muddati va ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlarining saqlanish muddati mobaynida muomalada bo‘lganda mahsulot xavfsizligini va identifikatsiya qilish belgilari o‘zgarmasligi ta’minlanishi lozim. 18. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotining iste’mol qadog‘i shikastlanganda yog‘-moy mahsulotlarining egasi tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolatli idoralarning ogohlantirishiga ko‘ra muomaladan chiqarib tashlanishi kerak. 19. Yog‘-moy mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar (qadoqlash uchun ishlatiladigan materiallar) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 20. Ishlatilgan qadoq materialini inson hayoti, sog‘lig‘i muhofazasi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash maqsadida qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish imkoni bo‘lishi lozim. Yog‘-moy mahsulotlarini saqlashga qo‘yiladigan talablar 48. Yog‘-moy mahsulotlarini saqlash, ularning yaroqlilik muddati yoki saqlanish muddati mobaynida xavfsizligini va butligini ta’minlash uchun saqlash sharoiti mavjud bo‘lgan ombor va boshqa binolarda amalga oshirilishi lozim. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu mahsulot yaroqlilik muddati davomida saqlanganda mazkur Texnik reglament talablariga javob berishini inobatga olgan holda belgilanadi. 49. Ombor va boshqa binolarda o‘rnatilgan texnologik uskunalar saqlash sharoitini nazorat qilish uchun o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 50. Yog‘-moy mahsulotlari saqlanadigan omborlarda va boshqa binolarda, shuningdek, muzlatgich kameralarida sanitariya tozalash ishlari (dezinfeksiya, dezinseksiya va boshqalar) olib borilishi kerak. 51. Yog‘-moy mahsulotlarining saqlanishi mobaynida ularning xavfsizligini tasdiqlovchi mahsulotga ilova qilinadigan hujjatlar bo‘lishi lozim. 52. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari saqlanadigan bino va inshootlar konstruksiyasi ishlab chiqaruvchi tomonidan yog‘-moy mahsulotlariga belgilangan saqlash sharoitlarini ta’minlashi lozim. 53. Yog‘-moy mahsulotlari saqlanadigan omborlar va binolarda yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishi kerak. Yog‘-moy mahsulotlari o‘z-o‘zidan yonib ketishining oldini olish maqsadida neft mahsulotlari, toksik yonuvchan kimyoviy moddalar va boshqa turdagi yog‘-moy mahsulotlari zararlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan birga saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 54. Ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlarining tashish va saqlash davomida mazkur Texnik reglament talablariga asosan saqlash muddati mobaynidagi xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlarini saqlash sharoiti va saqlash muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling