Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi
Download 92 Kb.
|
3-kurs 2-Oliy Maktabgacha ta\'lim kurs ishi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro’yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik ro’yxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida quyidagilar keltiriladi: - kitob, monografiya, darslik, o’quv qo’llanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi (shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ; - to’plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, to’plamning nomi, nashr joyi (shahar) nashr yili, betlar to’plamdagi maqola nomi to’plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi. - jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi. Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro’yxatidan alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan bo’lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko’rsatiladi. Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo’llaniladi. Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan ko’chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi. Satr osti izohlari sahifa so’ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma - ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi. Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, klaster texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib o’tishi yoki matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib o’tishi lozim. Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin. Kurs ishini yozishda talaba avallo raxbarning ko’rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling