Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi
Kurs ishini tashkil etish to’g’risida
Download 92 Kb.
|
3-kurs 2-Oliy Maktabgacha ta\'lim kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kurs ishi mavzulari va uni bajarish bo’yicha” uslubiy ko’rsatmasi
- Kurs ishining maqsad va vazifalari Kurs ishining maqsadi
Kurs ishini tashkil etish to’g’risida
Ta’lim - tarbiya jarayonini har tomonlama zamonaviy talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni yuqori asosda tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. Shu boisdan ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni boshqarishning nazariy asoslari va uning mexanizmlarini shakllantirishda “Kurs ishi mavzulari va uni bajarish bo’yicha” uslubiy ko’rsatmasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xamda davlat ta’lim standartlari bo’yicha bakalavr darajasidagi malakali iqtisodchi-pedagog mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan. Kurs ishining maqsad va vazifalari Kurs ishining maqsadi - talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash xisoblanadi. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: - kurs ishi mavzusi bo’yicha mavjud pedagogik maxorat asoslari va pedagogik maxorat muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi; - pedagogik maxorat qonun-qoidalarini, ta’lim munosabatlari va jarayonlari 4 mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushoxada qilishi; - milliy istiqlol g’oyasi va mafkuraning asosiy qoidalari xamda ta’lim- tarbiyani to’g’ri shakllantirish asosida xozirgi zamon rivojlangan malakali o’qitishni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb muammolarini singdirish; - ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar to’g’risida amaliy ko’nikmalar xosil qilishi; - Prezident Sh. Mirzizoyev asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan ta’lim-tarbiyaga tegishli qonunlarni va Vazirlar Maxkamasi chiqargan me’yoriy xujjatlarni ishda o’zlashtirishi; - internet ma’lumotlari, xisobotlar va xujjatlarni taxlil qilish; - ishlab chiqarish va xizma ko’rsatish xamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yo’l-yo’riq, xulosalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqish. - nazariy va amaliy sohalari va kimyo bo’yicha ta’limida o’qitishning metodik jihatlarini optimallashtirishning ilmiy yo’nalishlarini tahlil qilish. Kurs ishini bajarish jarayoni o’quv jarayonning ajralmas qismi bo’lgani uchun to’g’ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba o’z mexnatini quyidagi bosqichlar bo’yicha to’g’ri taqsimlashi katta axamiyatga ega: - kurs ishi mavzusini tanlash; - axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig’ish va ularni o’rganish; - kurs ishi mavzusi rejasini tuzish; - mavzuga oid turli ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash; - kurs ishi matnini yozish; - kurs ishini rasmiylashtirish; - kurs ishini himoyasi; Kurs ishini bajarishda talaba o’z ustida ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi raxbarlari bilan maslaxatlashishi va tegishli ko’rsatmalar asosida faoliyat ko’rsatishi zarur xisoblanadi. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling