Matematik va axborotli modellashtirish. Matematik modellar. Ob’ektiv borliqni o‘rganish va unga ta’sir etish vositasi sifatida

Download 142.3 Kb.
bet15/17
Sana06.11.2023
Hajmi142.3 Kb.
#1751932
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2-maruza

Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to‘plamidan tashkil topadi. O‘z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o‘rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo‘lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat.

Shunday qilib, tizim - bu o‘zaro bog‘liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o‘zaro munosabatda bo‘ladigan unsurlar to‘plami. Bu unsurlar to‘plami oddiy unsurlar yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, har bir unsur ham o‘z navbatida tizim bo‘lishi mumkin.

Tizimlar tuzilishi bo‘yicha oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.

Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi unsurlar soni kam bo‘lib, sodda tuzilishga ega bo‘ladi.

Murakkab tizimlar esa, bir nechta unsurlardan tashkil topgan bo‘lib, bu unsurlar ham o‘z navbatida alohida tizimlarga bo‘linishi mumkin.

Vaqt davomida o‘zgarishga qarab tizimlar statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o‘zgarish bo‘lmaydi. Dinamik tizimda esa, vaqt o‘tishi bilan holat o‘zgarib boradi.

Vaqt davomida o‘zgarishga qarab tizimlar statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o‘zgarish bo‘lmaydi. Dinamik tizimda esa, vaqt o‘tishi bilan holat o‘zgarib boradi.

Tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo‘lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan aktiv aloqada bo‘ladi. Yopiq tizimlarning unsurlari esa tashqi muhitdan ta’sirlanmaydi.

Tizim - buyurtma asosida tashkil qilingan tuzilish va aniqlikning mavjudligi bilan ajralib turadi. Masalan, kichkina bir qutidan iborat televizor ma’lum bir qoida asosida bog‘langan ko‘plab radiodetallarni birlashtirib turadigan obyekt bo‘lgani uchun tizim sifatida qaraladi. Lekin bir qutiga turli xil radiadetallar tartibsizlar joylantirilgan bo‘lsa uni tizim deb bo‘lmaydi.

Download 142.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling