Matematika fani


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana21.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1370301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
5-10-sinflar Yosh matematiklar

www.Infoedu.uz  
Umuman, y = kx + b funksiyaning grafigi y = kx funksiya grafigini ordinatalar 
o`qi bo`ylab b birlikka siljitish yo`li bilan hosil qilinadi. y = kx va y=kx+b 
funksiyalarning grafiklari parallel to`g`ri chiziqlar bo`ladi 
2-masala. = -2x + 4 funksiya grafigining koordinata o`qlari bilan kesishish 
nuqtalarini toping. 
 Grafikning abssissalar o`qi bilan kesishish nuqtasini topamiz. Bu nuqtaning 
ordinatasi 0 ga teng. Shuning uchun -2x + 4 = 0, bundan x = 2.
Shunday qilib, grafikning abssissalar o`qi bilan kesishish nuqtasi (2; 0) 
koordinataga ega bo`ladi. 
Grafikning ordinatalar o`qi bilan kesishish nuqtasini topamiz. Bu nuqtaning 
abssissasi 0 ga teng bo`lgani uchun y = -2·0 + 4 = 4. 
Shunday qilib, grafikning ordinatalar o`qi bilan kesishish nuqtasi (0; 4) 
koordinataga ega bo`ladi (16-rasm).
Mashqlar 
55. 1) Sabzavot omborida 400 t kartoshka bor edi. Har kuni omborga yana 50 
tonnadan kartoshka tashib keltirildi. Kartoshka miqdori (p) ning vaqt (t) ga 
bog`liqligini formula bilan ifodalang.
56. Sayyoh shahardan chiqib avtobusda 10 km yo`l bosdi, so`ngra esa shu 
yo`nalishda 5 km/soat tezlik bilan piyoda yura boshladi. Sayyoh x soat piyoda 
yurganidan keyin, shahardan qancha (y) masofada bo`lgan?. 
MMIBDO’: __________________ 
 


www.Infoedu.uz  
Sana:________________ 
4-MAVZU:Matematik fokus:”Ajoyib xotira’’. 
Bu fokusni ijro qilishda o’quvchi to’garak a’zolari oldiga chiqib, ularga 
qarata shunday deydi: “Men sizlarga xotiramning ajoyibligini ko’rsatmoq-chiman. 
Mening qo’limdagi to’rtburchak qog’ozlarga tartib raqami va yetti xonali son 
yozilgan. Bu qogozlarni sizlarga tarqataman. Sizlar navbat bilan bu qog’ozning 
tartib raqamini aytasiz, men esa unda yozilgan yeti honali sonni darhol hisoblab, 
aytib beraman”. Shunday deb fokuschi tortburchak shaklidagi qog’ozlarni to’garak 
a’zolariga tarqatadi. Ular navbat bilan qo’l ko’tarib, qog’ozdagi har xil tartib 
raqamlarini aytaveradilar, fokuschi esa undagi yeti xonali sonni yozuv taxtasiga 
yozib boraveradi. Masalan, o’quvch 13 desa, fokuschi yozuv taxtasiga 4 million 
718ming 976 sonini yozib, o’qib beradi. Bu hol bir necha marta takrorlangach
fokuschi o’quvchilardan so’raydi: -Qani, aytingchi men bu sonlarni yodlab 
oldimmi, yoki bunda biror sir bormi? 
Fokuschi tarqatgan qog’ozdagi sonlar turli xil qonuniyatlar asosida hosil 
qilinadi. 
1-usul. Masalan, qog’ozdagi tartib raqami ikki xonali son bo’lsin, ya’ni 
quyidagi ko’rinishni olaylik: 
№23 
5831459 
To’rtburchak shaklidagi bu qog’ozga yozilgan yetti xonali sonning hosil 
bo’lishi quyidagicha: tartib raqami 2 va 3 ning yigindisi 2+3=5; keyingi raqam 3 
bilan 5 ning yig’indisi 3+5=8; 5 bilan 8 ning yig’indisi 5+8=13 (bunda oxirgi 
raqam 3 yoziladi); 8+3=11 (oxirgi raqam 1 yoziladi) va hokazo yettita raqam hosil 
qilinadi. Agar maxsus qog’ozdagi tartib nomeri bir xonali son bo’lsa, ya’ni 
quyidagi hol:
№2 
4606628 
Bunda 2 ni o’zini o’ziga qo’shib 4 hosil qilinadi, qolgan sonlar yuqoridagi kabi 
hosil bo’ladi. 2+4=6; 4+6=10 (0 yoziladi) va hokazo. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling