Matematika fanidan


Download 0.63 Mb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#235643
1   2
Bog'liq
uzunlik olchov birliklari. kilometr

Dars bosqichlari: 
1 Tashkiliy qism 4 min
2 O’tilgan mavzuni so’rash 3 min
3 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 4 min
4 Yangi mavzu bayoni 20 min
5 Yangi mavzuni mustahkamlash 9 min
6 Baholash 3 min
7 Uyga vazifa 2 min
Darsning borishi:
Darsning shiori: Biz nimaiki qilmaylik,
Barchasiga zarur, kerak.
Bilim egallash uchun,
Tinimsiz o’qish kerak.
I.Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish b) darsga tayyorgarliklarini ku-zatishd) navbatchi axborotini tinglash va davomatni aniqlash s) o’quvchilarning diqqatini jamlash uchun buyuk insonlarning matematika haqidagi fikrlaridan aytaman. Matematika fanlar ichra shox, Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh. Qori Nizomiy
Matematika fani haqiqiy fan. Faqat matematika fani haqiqatni yecha oladi. Platon
Agar kishilarning har qanday tadqiqoti matematika asosida isbot qilinmasa, bu tadqi- qotni hech qanday haqiqat deb bo’lmaydi. Leonardo Do vinchi
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilarning uy vazifalarini tekshirish.Monitorda uy vazifasi bajarilgan tarzda ko’rsatiladi vao’z-o’zini tekshirish usulidan foydalaniladi.
343-misol. Sonlarni taqqoslash
156408 651234 564=564 912>899
344-masala. Birinchi savatda 36 dona ,ikkinchisida undan24 dona kam olma bor. Birinchi savatdagi olmalar soni ikkinchi savatdagidan necha marta ortiq?
Yechimi: 1) 36-24=12(dona) 2) 36:12=3(marta)
Javobi: Birinchi savatdagi olmalar soni ikkinchi savatdagidan 3 marta ortiq. 
Uy vazifasini to’g’ri bajargan o’quvchilar oldilarida turgan o’zlari yasagan rag’bat kartochkalardan bittadan oladilar. Bu usul o’quvchilarni mehnatsevarlik,halollik,to’g’riso’zlik va xatolar ustida ish- lashga o’rgatadi.O’tilgan mavzu yuzasidan qisqa test o’tkazish.Test matni manitorda ko’rsatiladi. 1.423 sonini xona birliklari yig’indisi ko’rinishida ifodalang a) 420+3 b) 400+23 d) 4+20+3 s) 400+20+3
2. Do’konda 63 qop un bor edi.Unning uchdan bir qismi sotildi. Sotish uchun yana necha qop un qoldi? a) 60 qop b) 21 qop d) 66 qop s) 42 qop
3. Ifodaning qiymatini toping 3*6+6:3= a) 20 b) 8 d) 6 s) 63
Savol 1 2 3
Javob s s a
O’quvchilar testni mustaqil bajaradilar va test javoblarini monitor orqali tekshirib o’z-o’zlarini ballaydilar.
III.Yangi mavzu bayoni: 
Dastlab,o’quvchilarning uzunlik o’lchov birliklari haqidagi fikrlari bilib olinadi. So’ngra o’qituvchi mavzu haqida o’quvchilarga tushunchalar beradi.
1kilometr=1000metr ,,



Kilometr’’atamasi lotincha ,,chilio’’ va grekcha ,,metreo’’ so’zlaridan olingan bo’lib, ming metr degan ma’noni bildiradi.Darslikda berilgan qoida ustida ishlash. 1metr=10detsimetr 1metr=100santimetr ,,Metr’’ atamasi grekcha ,,metreo’’ so’zidan olingan bo’lib, o’zbekcha o’lchayman degan ma’noni bildiradi. Metrni qisqacham deb yoziladi. 
1detsimetr=10santimetr ,,Detsimetr’’ lotincha ,,desem’’ va grekcha ,,metreo’’so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
metrning o’ndan bir ulushini bildiradi. Detsimetrni qisqacha dm deb yoziladi.
santimetr=10millimetr ,,Santimetr’’ atamasi fransuzcha ,,cent’’ va ,,metreo’’ so’zidan olingan bo’lib, metrning yuzdan bir ulushi degan ma’noni anglatadi.Santimetrni qisqacha sm deb yoziladi.
Eng kichik o’lchov birligi millimeter. ,,Millimetr’’ atamasi grekcha ,,millimet-reo’’ so’zidan olingan bo’lib, metrning mingdan bir ulushi degan ma’noni angla-tadi.
345-misol . Ushbu misol o’quvchilar bilan birgalikda og’zaki bajariladi. 1 sm=10 mm 5 sm 4 mm=54 mm 1 dm=10 sm 8 dm 6 sm =86 sm 1 m =10 dm 3 m 7 dm = 37 dm 1 m =100 sm 2 m 40 sm =240 sm O’quvchilarga 346-347-misollar mustaqil bajarish uchun topshiriladi. Shu bilan bir
galikda o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib ,,Alpinist’’ o’ynini o’nash orqali misollarni xattaxtada musobaqa tarzda bajaradilar.Ushbu o’yinda tog’ maketiga misollar yozilgan bayroqchalardagi amallar to’g’ri bajarilib g’olib guruh cho’qqiga chiqadi. G’olib o’quvchilar oldilaridagi rag’batlaridan olib boradilar.346-misol. 
18 mm = 1 sm 8 mm 35 mm = 3 sm 5 mm 60 mm =6 sm 87 mm =8 sm 7 mm 23 sm =2 dm 3 sm 45 sm = 4 sm 5 mm 74 sm = 7 dm 4 sm 90 sm = 9 dm 38 dm =3 m 8 dm 54 dm = 5 m 4 dm 100 dm= 10 m 1 m = 1000 mm
347- misol. 
Shakllar tomonlari kataklar yordamida hisoblanib, ularning perimetri va yuzi topiladi.
348-masala.
Neksiya Yechimi: 64+28 =72 (km) 
1-qishloqqa-64 km Javobi: ,,Neksiya’’ 72 km yo’l 
2-qishloqqa-28 km bosgan. 
Jami bosib o’tildi-? km 
349-masala. 1,2,3 sonlarini bo’sh kataklarga shunday joylashtiringki,har bir qator bo’yicha ham,har bir ustun bo’yicha ham bu sonlarning har biri bittadan qatnashsin.

1 2 3
2 3 1
3 1 2
Dam olish daqiqasi:
O’quvchilar bilan nafas olish mashqlari o’tkaziladi. 
-“Choyni sovit”, “Gulni hidla”, “Sharni shishir”, “Changni hayda”
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni ,,Aqliy hujum’’ orqali,guruhlar bir-birlariga matematik topishmoq aytish bilan mustahkamlanadi.
Har bir to’g’ri javob uchun men xattaxtaga rag’bat yopishtirib boraman. Rag’bati ko’p guruh g’olib hisoblanadi.
V. Yakuniy qism va o’quvchilarni rag’batlantirish.
O’quvchilarning darsga qatnashganliklarini hisobga olib, to’plagan rag’batlarini sanab ballarini e’lon qilaman va reyting daftarlariga ballarini qo’yib beraman.
VI. Uyga vazifa:
350-351- misol va masalalar Vazifani qanday bajarish kerakligiga yo’nalish beraman.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling