Matematika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 195-matematika guruhi talabasi Davletova Bikajonning Malakaviy amaliyot yakuni yuzasidan yozgan hisoboti urganch-2023 Kirish


Download 48.5 Kb.
bet2/4
Sana26.03.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1298012
1   2   3   4
Bog'liq
amaliyot hisobotim

O’quv-o’qitish ishlari.
Malakaviy amaliyot o’tash uchun har kuni soat 09:00 da Malaka oshirish binosiga keldim. Har kuni 3 paradan dars mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Har bir mashg’ulot 80 minut davom etdi va 10 minut tanaffus etib belgilangan ekan. Inobat domla o’qituvchilar bilan birgalikda kelishib olgan holda dars mashg’ulotlarini olib bordilar. Dars mobaynida attestatsiya savollari, Milliy sertifikat misollari ko’rib chiqildi. O’qituvchilar ham o’z takliflarini bildirib dars jarayonida misollar ishlashdi. Men dars davomida darsni borishini kuzatib o’tirdim va kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Hafta mobaynida o’qituvchilar bilan tanishib ularning maslahatlarini oldik. O’qituvchilar bizlarga o’z tajribalaridan kelib chiqqan holda o’z tavsiyalarini berib o’tdilar. O’qituvchi qanday bo’lishi, o’quvchilar bilan qanday ishlashi kerakligi haqida va ularga qanday muomila qilishi kerakligi haqida aytib o’tdilar. Bu ma’lumotlar biz talabalarga kelajakda asqotadi.
Inobat domla har kuni dars jarayonini o’z vaqtida olib borib, mavzularni qiziqarli tarzda o’tdilar. Mavzular zamonaviy jihozlangan xonada elektron doska orqali, slayd yordamida tushintirildi. Mavzu tushuntirilb bo’lingach murakkab bo’lgan misollar ham ishlandi. GMAT savollari, olimpiada masalalari ko’rib chiqildi. Biz talabalar ham darsda qatnashib doskada misollar ishladik. Amaliyot mobaynida ko’plab bilimlarga ega bo’ldik va bilimlarimizni yanada oshirdik. O’quvchilarga qanday dars o’tish kerakligi, ularga mavzuni tushintira olish, matematikaga qiziqishni yanada oshirish yo’llarini o’rganib oldik. Darsdan so’ng yakuniy attestatsiya savollariga tayyorgarlik ko’rib testlar ishladik.
Innavatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darslar o’tildi. Deyarli barcha xonalarga kamera kuzatuvlari o’rnatilgan va elektron doskalar bilan jihozlangan. Amaliyot paytimda jamoa bilan yaqindan tanishib malakali ustozlardan o’zimga kerakli bilim va ko’nikmalarni o’rganib bordim. SH.Inobat, Azamat va boshqa o’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatib bordim va o’zimga kerakli bo’lgan zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ularning dars o’tish metodikalarini o’rganib bordim. Shu bilan birga ulardan o’zimga kerakli bo’ladigan bilimlarni ta’lim texnologiyalarini o’rganib oldim.
Men darslarni o’tishda maktabdagi o’qituvchilarni maslahatlariga tayanib qiziqarli dars o’qitish metodlarini o’rgandim. Malakaviy amliyotning oxirgi haftasida dars mashg’ulotlarini o’tash bo’yicha yaxshigina tajribaga ega bo’ldim.
Malakaviy amaliyotda matematika fanidan yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlari, darslik va o’quv qo’llanmalari va ularning tahlili, AKT dan foydalangan holda o’quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalari , fandagi yangiliklar, fani o’qitishning dolzarb masalalari, inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari, pedagog ma’suliyati va moslashuvchanligi kabi mavzularni o’rgandik.
Yangi metodlardan foydalangan holda dars o’tish, matematika faniga o’quvchilarni qiziqtirish, qo’shimcha darslar orqali past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan shug’ullanish, matematikadan to’garaklar tashkil qilib ularni yuritish haqida ko’plab bilimlarga ega bo’ldik.
Malakaviy amaliyot 7 hafta davom etdi. Shu vaqt davomida men ko’plab bilimlarga ega bo’ldim. Matematika fani o’qituvchisi bo’lish murakkabligiga, o’z ustida doim ishlash kerakligiga amin bo’ldim. Malakaviy amaliyot davomida olimpiada masalalari, attestatsiya savollari, GMAT misollari, Milliy sertifikat savollarini ko’rib chiqqanimiz bizlarga juda foydali bo’ldi. Kelajakda bu olgan bilimlarimiz asqotadi degan umiddaman.



Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling