Matematika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 195-matematika guruhi talabasi Davletova Bikajonning Malakaviy amaliyot yakuni yuzasidan yozgan hisoboti urganch-2023 Kirish


Download 48.5 Kb.
bet4/4
Sana26.03.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1298012
1   2   3   4
Bog'liq
amaliyot hisobotim

Xulosa va takliflar.
Men malakaviy amaliyotning har bir haftasida shaxsiy ish rejamga qo’shimchalar kiritib bordim. Bu rejalarning asosiy maqsadi o’z bilimlarimni oshirishga va kelajakda hamma tomonlama yetuk kadr bo’lib yetishishga qaratildi.
Men malakaviy amaliyot davrida eng avvalo mutaxassisligimga oid nazariy va amaliy bilimlarni yaxshi o’zlashtirishim va ularni tadbiq qila olishim kerakligi, maktab o’quvchilarining psixologik xarakterlari va fikrlashlarini o’rganishni, ularni fanga qiziqtirishni eng asosiy deb bildim. Bu qisqa amaliyot davrida kelgusidagi ish faoliyatim uchun juda katta dars bo’ldi. Amaliyotda o’rganganlarim, xato va kamchiliklarimni bilib, universitetga borib o’z ustimda ko’proq ishlashim kerakligini bilib, shaxsiy reja tuzib oldim. Men ustozlarning o’gitlari, tavsiyalarini olib universitet professor-o’qituvchilari bilan o’z ustimda qayta ishlashni maqsad qildim.
Malakaviy amaliyotning so’ngi haftasida amaliyot bo’yicha erishgan yutuqlarim, dars o’qitishda nimalarga e’tibor berishim kerakligi to’g’risida ustozdan maslahatlar oldim. O’qituvchilar ham o’z tavsiyalarini aytib, kelgusidagi ishlarimga rivoj tilashdi.
Malakaviy amaliyotining 27-mart kuni UrDU ga yig’ildik. U yerda fizika- matematika fakultetining 4-kurs amaliyotchi talabalariga konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada fizika-matematika fakultet dekani dotsent J.Xo’jamov, “Matematik tahlil “ kafedra mudiri R.Sharipov, “Matematik tahlil” kafedrasi o’qituvchisi Q.Ahmedovlar qatnashdi. Ular so’zga chiqib amaliyotchilarning ta’surotlari bilan o’rtoqlashdilar. Men o’zimning amaliyot davridagi yo’l qo’ygan kamchiliklarim va erishgan yutuqlarim haqida so’zlab berdim. Konferensiya so’ngida barcha o’qituvchilar talabalarga kelgusida o’qish va ishlariga omad tiladilar.


Matematika ta’lim yo’nalishi
195-matematika guruhi talabasi Davletova Bikajon



Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling