Matematika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 195-matematika guruhi talabasi Davletova Bikajonning Malakaviy amaliyot yakuni yuzasidan yozgan hisoboti urganch-2023 Kirish
Download 48.5 Kb.
|
amaliyot hisobotim
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOTI Urganch-2023 Kirish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 5130100-Matematika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 195-matematika guruhi talabasi Davletova Bikajonning Malakaviy amaliyot yakuni yuzasidan yozgan HISOBOTI Urganch-2023 Kirish. Malakaviy amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo’lajak mustaqil faoliyatini bog’laydigan hamda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon hisoblanadi. Biz ham olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo’llab ko’rish maqsadida o’quv rejasiga asosan 2023-yil 6-fevraldan 2023-yil 27-martgacha 7 hafta mobaynida malakaviy amaliyotda bo’ldik. Malakaviy amaliyotga ketishdan oldin 2023-yil 6-fevral kuni Fizika- matematika fakulteti 4-kurs talabalarini Malakaviy amaliyotga yuborish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada fizika-matematika fakulteti pedagogik amaliyot rahbari Q.Axmedov, “Matematika tahlil” kafedrasi mudiri R.A.SHaripov, “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi mudiri B.Bobojanov va fakultet professor o’qituvchilari qatnashdi. Ular bizga Malakaviy amaliyot davrida nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi haqida ma’lumot berdi. So’zga chiqqan ustozlar o’qituvchilik murakkab kasb ekanligini va sharafli ekanligini ta’kidlab o’tishdi. Shundan keyin hamma talabalar berkitilgan metodisti bilan maktablarga ketishdi. Menga “Matematik tahlil” kafedrasi o’qituvchisi T.Islom amaliyot raxbari qilib berkitildi. Shu kuni biz Malakaviy amaliyot o’tash uchun Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarni o’rgatish milliy markaziga bordik. U yerda bizni Shixova Inobat domla va Azamat domla kutib olishdi va bizni Malaka oshirish binosi bilan tanishtirishdi. Jami 11 talaba bu yerga berkitildik. Yana ikki guruhga bo’linib Inobat va Azamat domlalarga bo’lindik. Men Shixova Inobat domlaning guruhiga tushdim. Inobat domlada 5 talaba bo’lib berkitildik. Amaliyotni boshlashdan oldin shaxsiy ish rejamni tuzib oldim. Reja asosida amaliyotning dastlabki haftasi binoni tuzilishini o’rganish, o’qituvchilarni ish rejalari bilan tanishish haftasi bo’ldi. Malaka oshirish binosi bilan tanishib chiqdik. Bu yerga har hafta o’qituvchilar kelib malaka oshirib, yangi metodlarni o’rganib ketishar ekan. Har haftadan yangi guruh tashkillashtirilib dars mashg’ulotlari olib boriladi. Dars soat 09:00 da boshlanib soat 13:50 gacha davom etadi. Biz amaliyot davomida darslarga kirib dars jarayonini kuzatib o’tirdik. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling