Matematika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 195-matematika guruhi talabasi Davletova Bikajonning Malakaviy amaliyot yakuni yuzasidan yozgan hisoboti urganch-2023 Kirish


Guruhdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar


Download 48.5 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1298012
1   2   3   4
Bog'liq
amaliyot hisobotim

Guruhdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
Bir hafta mobaynida o’qituvchilarga o’tiladigan dars jadvali va ish rejasi bilan tanishib chiqdik. Har kungi dars jadvali bo’yicha Inobat va Azamat domlalarning darslariga kirdim va har bir dars jarayonini diqqat bilan kuzatdim. O’quvchilarni fanga qiziqishlarini oshirish uchun qanday metodlardan foydalanish kerakligini o’rganib shaxsiy kundaligimga yozib bordim.
Men malakaviy amaliyot jarayonida shu kungacha universitetda o’rgangan bilimlarni amaliyotda qanday tadbiq qilish kerakligini, xato va kamchiliklarimni ustozlarning ko’rsatma va amallariga quloq solib o’rganib bordim. Deyarli har kuni universitetdan bizga berkitilgan amaliyot rahbarimiz kelib amaliyot bo’yicha zarur ko’rsatmalar berib bordi.
Har hafta yakunida o’qituvchilardan test olib borildi. Biz amaliyotchi talabalar ham bilimlarimizni sinab ko’rish uchun testlar topshirdik. Attestatsiya savollarini ishlab ko’rdik. Murakkabroq bo’lgan mavzularni o’qituvchilardan so’rab o’rganib oldik. Har bir talaba biror bir mavzuga tayyorlanib dars o’tib berdik. Bunda ustozlar bizga o’z tavsiyalarini, kamchiliklarimiz va yutuuqlarimizni aytib o’tishdi. Doskada o’qituvchi o’zini qanday tutishi kerakligi, oxirgi partada o’tirgan o’quvchiga mavzu gaplaganimiz eshitilishi kerakligini alohida ta’kidlab o’tishdi.
Bu kabi tavsiyalar biz uchun juda foydali bo’ldi. Chunki kelajakda biz ham o’qituvchi bo’lib maktabga borganimizda bu olgan bilimimizni amaliyotda qo’llaymiz. 7 hafta mobaynida turli xil o’qituvchilar bilan tanishib, ularning o’z tajribalari bilan, maslahatlari bilan ko’p narsalarni o’rganib oldik. Yoshi katta o’qituvchilar ham bizlarga o’zining ish uslubi, maktabdagi faoliyati, ish yuritishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi to’g’risida ko’plab ma’lumotlar berib o’tishdi.
Malakaviy amaliyot so’ngida bizlarga omad tilab kelajakda yaxshi o’qituvchi bo’lishimizga ishonch bildirishdi. Amaliyot davrimiz mazmunli va samarali bo’lib o’tdi. Kelajakda biz ham ustozlarimiz ishonchini oqlaymiz degan umiddaman.

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling