Matematika va Informatika go’zallikka kon!
Download 39.49 Kb.
|
matematik ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sahna: ko’rinishi (10- sinf)Shox –– mot masalasi.
Qurilmalar haqida she’r(5-sinf)
Dastur tuzishda chaqqon Ishlab charchamas har on Xato yozsa qilmas gina Uning nomi klaviatura Qo’l oyog’I but bo’lsa Ko’ngli dasturga to’lsa Doim ishlab to’kar ter Uning nomi kompyuter Charxpalakdek ishlar g’ir-g’ir Hamma xizmatda bo’lar hozir Bu nima deb bosh qotirmang Uning nomi registr Bilganini eslab qolar Tizimni ishga solar Charchab qolmaydi sira Uning nomi xotira Xat yozaman do’stimga Kerakmas menga pochta Ulansam agar unga Yuboraman bir zumda Aytingchi do’stim Axmad Uni nomi internet Kompyuter yaqin do’st bilsangiz agar Faqat tilin bilib ishlatmoq darkor Kiritsangiz dastur bexato hushyor Xursand qilar sizni takror va takror Kompyuterda ishlagan har bir o’quvchi Qoidaga rioya qilmoq’i darkor Bosib klavishni qattiq bepisand Bo’lmang o’zingiz qilmoqchi xursand 1-Boshlovchi: Matematika fani juda qiziq ekan Ancha muncha odamni devona qilar ekan Darajalar qiynaydi gar to’g’ri yecholmasang Ko’ngillaring ayniydi karrani bilolmasang 2-Boshlovchi:Xullas hisob -kitobni o’rganmasam bo’lmaydi Amallarni bilmasam ,ko’ngillarim to’lmaydi. Kerak ekan har ishda, har onda va yumushda, Menga kim yordam berar hisobni o’rganishda? Sahna: ko’rinishi (10- sinf)Shox –– mot masalasi. 1-o’quvchi: Biz sizga bir hikoya beraylik so’zlab, Sizlarga chin dildan yaxshilik tilab. Bir dehqon bor ekan xo’p dono, Riyoziyot ilmiga bo’libdi oshno. Ham mehnat qilibdi qaro ter to’kib, Ham ilm ollibdi tunu–kun o’qib. 2--o’quvchi: Shox–mot o’ynarkan goho shoh bilan, Boy otasi bilan goh –gohida. Boy otasin ko’ngan tortgan chog’ida, O’ynab turar ekan shoh –mot o’yinini. Boy katta olar ekan doim o’zini. Kuz kelib boy ota doni pishibdi, G’allani o’rmoqlik g’ami tushibdi. 1--o’quvchi: Boy dehqonni huzuriga chorlabdi, Bug’doy o’rimiga uni yo’llabdi. Dehqon o’rib bo’lib jami bug’doyni, Xirmonga ayttirib kelibdi boyni. 2- o’quvchi: Boy dehqonning qilgan ishin ko’ribdi, Bu holatdan ko’ngli tog’day to’libdi. Boy unga aytibdi: Yashavor dehqon Bajargan ishingni demayman yomon. Mehnating bilan sen ko’nglim to’ldirding, So’ra hizmatinga beray qancha don. 3--o’quvchi: Dehqon miyig’ida kulib qo’yibdi, Boy otaga qarab shundayin debdi. Dehqon Birinchi kun bergin ikki dona don, 2-kuni ikki bor oshir. 3-kun esa avvalgi kungi, Bergan doningni yana shuncha oshir. Shu taxlit sen 64 kun ichida, Don bergin shaxmating katagi to’lsin. 2--o’quvchi: Boy dehqon maqsadin mag’zin chaqa olmay, Boy ----- Xo’p sen aytgancha bo’lsin. 3--o’quvchi Kunlar ketidan kunlar o’tibdi, Ga’znachi chol boyga arzin aytibdi. Ga’znachi:Boy ota sho’rimiz qoldiku qurib, Dehqon haqin yarmisin olmasdan turib, Omborda don qolmadi mutloq. Keldim huzuringa etgali ogoh 1-o’quvchi - Bu holdan boy karaxt, Boy --------Bu ne jumboq,bu ne jaholatdir, bu ne falokat. Boy sochin tik bo’lib hayron qolibdi, Chakkasini ushlab o’yga tolibdi. 2- o’quvchi : Sen mening aqlim shoshirding, Senga bo’lgan hurmatim chindan oshirding. Faqat tushuntirgin qay yo’l bilan sen, Shundayin noqulay holga tushirding. 3- o’quvchi : Qonuniyat bordur fanda shundayin, 2 ning ko’rsatkichi ortgani sari. Son qiymati haddan ziyot ortadi, Har birin jamlangchi, aqliz shoshadi. Bu sonni fan deydi KVANTILLION, Bu songa yetmaydi million, trillion. 1--o’quvchi Olgan ilmi bilan dehqon allahol, Endi boy bo’libdi, boychi kambag’al. Tamomdir dehqonu boy hikoyasi, Har bir voqeaning bor nihoyasi. 2- o’quvchi : 264=184 465 966 117 709 567 616 21+22+…+263+264=36883193237419134130 Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling