Matematika va Informatika go’zallikka kon!


Download 39.49 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi39.49 Kb.
#1354472
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
matematik ssenariy


Matematika va Informatika go’zallikka kon!” tadbir ssenariysi


Maktab faollar zali bayromana bezatilgan . Tadbirga 5- 11 sinf o’quvchilari jalb etilgan. Tadbirni 10 sinf faol o’quvchi qizlari olib borishadi.
Tadbir sokin musiqa sadolari ostida shoir Iqbol Mirzoning “Aytgil , do’stim” she’ri bilan boshlanadi

Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,


Seni guldek erkalagan chaman uchun .
Osmonlarda yurgan bo’lsang, tuproqqa ayt,
Aytgil,do’stim,nima qildik Vatan uchun?!
Ko’zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun
Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun
Aytgil,do’stim, nima qildik Vatan uchun ?!
Qachongacha qorning o’ylab o’tadirsan?
Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan?
Axir Vatan bitta, sen xam bittadirsan,
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!
Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo’lgin dexqonlarga ,
Suyangani tayoq bo’lgin cho’ponlarga,
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!
Xech kimdan kam emassan, kam bo’lmagaysan ,
Yerda qolsang, oftob bo’lib kulmagaysan .
Qachon belni maxkam tortib bog’lagaysan?
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!
Shusoylardan suvlar urgin yuzingga sen,
Birbor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko’rgin o’zinga sen,
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!
1 boshlovchi: Keling barcha ja’m bo’lgan joyda
Boshni egib qilaylik ta’zim
Besalomlik erur befoyda
Deylik assalomu-alaykum.
2- boshlovchi: Xush kelibsiz mehmonlar
Chin ko’ngildan assalom
Xush kelibsiz tadbirga
Sizgadir shirin kalom
1 boshlovchi: Assalomu alaykum ,qalb qo’ri bilan quyoshni lol qoldirib bilim berayotgan ustozlar
2 boshlovchi:Assalomu alaykum ,hayoli faqat ,bilim olish bilan yonayotgan katta-kichik maktabdoshlar.
1 boshlovchi: Azizlar bugungi matematika- informatika fanlariga bag’ishlab o’tkazayotgan kechamizga xush kelibsiz
2 boshlovchi: Kundalik turmushimizda har qadamda raqam va sonlarni ishlatamiz. Raqamlar bozor- do’konlarda, pul sanashda, vaqtni aniqlashda, transportga chiqishimizda, telefon qilishimizda va boshqa har qanday narsani o’lchashda bizning eng yaqin yordamchimizdir.
1 boshlovchi: Xulosa qilib aytganda, hayotni raqamlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi. Ko’zi ojiz kishiga hassa qanchalik asqotsa, raqamlar ham bizga shunchalik ko’mak beradi.
2 boshlovchi: Raqamlar hatto bizning ishlarimizni, maktab yoki oily o’quv yurtlarida qanday o’qiyotganimizni ham ko’rsatib turadi. Fan texnikani raqam va sonlarsiz xayolga keltirib ham bo’lmaydi: Fazoviy kemalar uchishidan tortib, yerdagi qadamimiz ham raqamlar bilan o’lchanadi. Shu jumladan, iqtisodiyot ham raqamlarga tayanadi.

1 boshlovchi:Bunga kundalik gazeta va jurnallarni iqtisodiyotga bag’ishlagan satrlarini ko’rib ishonch hosil qilishimiz mumkin. Faol tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar raqamlarga boy: aksiyalar qiymati, valyuta kurslari qiymati, ularning foizi, xarajatlar miqdori va boshqa barcha statistik ma’lumotlarni matematika hamda informatika va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydilar .


1 boshlovchi: Ming yil avval ham mashhur
Bo’lgan bizning bobolar
Har bir ilmda tеngsiz
Nom qozongan daholar.
2 boshlovchi: Xalqimizning faxridir
Nеcha buyuk siymolar
Al – Xorazmiy, Farobiy
Bеruniy-u – Sinolar.
Sahnaga matematika yozuvi bilan 5- sinf o’quvchilari chiqadi:
O’quvchi: Muso al-Xorazmiy porlagan yulduz
To hanuz nur sochib tolmagan yulduz
Al-jabrning otasi nomidir mangu
Ming yillarkim mudom so’nmagan yulduz.
O’quvchi: A hmad Farg’oniydir farg’onam mani
Asrlar qa’ridan jaranglar nomi
Farzanding bo’loldi o’zga yurda ham
Miryosi Nil bo’lib tutdi dunyoni
O’quvchi. Tadbiqlar dunyosikezar dunyoni
Ikkinchi muallim nomi abadiy
Kuy ohanga qo’shib riyozotni
Mangu porloq yulduz bo’ldi Farobiy
O’quvchi: Eta oldi uning aql mash’ali
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniy nomi ko’p asr hali
Unutmas yulduzi so’nmagay zinhor
O’quvchi:Moviy osmon qadar ko’tarib Narvon
Dunyoni lol qildi ustoz Ulug’bek
Bu kun dastur amal “Ziji ko’ragon”
Jahonda o’rnini topaoldi o’zbek
O’quvchi. Arifmetika kalitin topaoldi Koshi
Olib kirib fanga o’nli kasrlar
Avlodlar qalbidan o’chmagay nomi
Tarix ko’rsa hamki 7 asrni
O’quvchi.Temuriy bobomlar suygan alloma
Farzandi Arjuman nomini olib
O’tsa hamki necha asr zamona
Ali Qushchi charnagan bir yulduz bo’lib.
O’quvchi. Integral hisobiy tenglamalarni
Darsliklar, ko’rsatma, qo’llanmalarni
Yozdi bizlar uchun Qori Niyoziy
Unutmaymiz biz bu qo’llanmalarni.
O’quvchi: K im desalar aytgin dono bilimdon
Shogirtlarga doim ustoz mehribon
Ehtimollik sari boshladi bizni
Toshmuhammad ustoz Alijon o’g’li
O’quvchi:Ajdodlar merosin muqaddas bilib
Yoshlarga hamisha bo’lgan ustoz
Akademik arbobi nomini olib
Sa’dixon Xasan o’g’li topaoldi e’zoz

Matematika –aql chirog’i


Matematika –ilm o’chog’i.
Matematika –bilim bulog’i
Matematika –fanlarning shohi.
1 boshlovchi: Asrlar ortidan kelar asrlar
Unut bo’lar o’tmish zamon ko’p sirlar
Ammo, yaratilgan fan asoslarin
Asrdan asrga eltar nasllar
2 boshlovchi: Eslatay Gaussning durdona so’zin
Hisob-kitob ochmish aqlning ko’zin
Matematika fanlarning podshosidir
Har ish sohada ko’rsatar o’zin
Matematika haqida mashhur kishilarning fikrlari (7-sinflar)
- Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Qori Niyoziy.
- Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi. Rene Dekart
- Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir. N.G. Chernishevskiy.
- Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi maxsulidir. Abu Rayhon Beruniy
- Matematika – aql gimnastikasidir. A.V.Suvorov
- Matematika san’atning bir turidir. N.Viner
- Agar kishilarning har qanday tadqiqoti matematika asosida isbot qilinmasa, bu tadqiqotni hech qanday haqiqat deb bo’lmaydi. Leonardo Da Vinchi
-Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab turgan tartibsizliklarda yashiringan tartibni topishdan iborat. N.Viner

Boshlovchi:Hisob ilmin ostida 10 dona sehrli raqam ,


Sonlar raqamlar ila ma’nolidir bu olam,
Raqamlar 10 li sistemaning yuragi,
Hisob uchun xizmat qilmoq erur tilagi.
7- sinf qizlari tomonidan raqs ijro etiladi.

1-Boshlovchi : Dovonlardan qoqilmay o’tishingizda


Savodli bilimdon, zukko bo’lishingizda
Hamkor erur hamisha sanoq
Matematikadan olingiz saboq
Matematikasiz hayot hech qachon kulmas
Do’stlar matematikani sevmasdan bo’lmas
2- boshlovchi : Matematik maqollar aytishuv (7-sinf)
-Sanamay sakkiz dema,
-Yetti o’lchab bir kes,
-Bir tol o’rsang- mingni ek
-Bir yegitga etmish hunar oz,
-Ming o’ylab- bir suyla.
-Ikki o`n bеsh bir o`ttiz
-Bilagi zo`r birni yiqitar, bilimi zur mingni.
-Bir tup tok eksang bir tup tol ek.
-Bir kun tuz yegan joyingga qirq kun salom bеr.
-Ko`p og`iz bir bo`lsa, bir og`iz yеngilar.
-Bir yigitga yеtmish hunar oz.
-Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavxar tеradi. 
-Birni kessang o’nni ek.
-Besh qo’l barobar emas.
-Bir kun tuz ichga joyingga qirq kun salom ber.
-Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
-Ikki yorti bir butun.
-Bir boshoq don – bir savat non.
-Do’sting mingta bo’lsa ham kam, dushmaning bitta bo’lsa ham ko’p.
-Birniki mingga, mingniki tumanga.
-kki quyonni quvlagan birini ham tutolmaydi.
-Bir kun janjal bo’lgan joydan qirq kun baraka ketadi.

1-o’quvchi: Matematika fani go’zallikka boy juda,


Go’zal son, go’zal yechim, go’zal chizma serjilo,
Boshqotirgich, viktorina, aqlni peshlasa gar,
Topishmoqli misollar, dilga huzur baxsh etar,
Barcha ishga tayyormiz, erk va tinchlik yo’lida.
Chin yurakdan qutlaymiz bugungi anjumanni.


Ko’pburchak haqidagi sahna ko’rinishi (5-sinf)



Download 39.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling