Matematika va Informatika go’zallikka kon!
Download 39.49 Kb.
|
matematik ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zim yolg’izman, Bitta ham o’rtog’im yo’q, endi o’zimga o’rtoq izlayman. Mayli, nima bo’lsa, peshonamdan ko’raman.
- 1- boshlovchi
1- boshlovchi: Matematikada askiyani eshitdingiz, matematikada ertak borligiga ham ishonasizmi?
2- boshlovchi: Sahnaga ertakchi bolajonlarni taklif etamiz. Diqqat bilan tinglang. To’g’ri chiziq qanday dunyoga kelgan Qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ichlar yashaydigan Geometriya mamlakatida bir jajjigina nuqta bo’lgan ekan. Bu nuqta juda chiroyli qip-qizil rangda ekan. U bir kuni o’ziga-o’zi: -O’zim yolg’izman, Bitta ham o’rtog’im yo’q, endi o’zimga o’rtoq izlayman. Mayli, nima bo’lsa, peshonamdan ko’raman. Shunday qilib, qizil nuqta sayohatga otlanibdi. U yo’lda chiroyli ko’k nuqtaga duch kelibdi. Qizil nuqta ko’k nuqtadan so’rabdi: -Qayoqqa ketyapsan? Ko’k nuqta javob beribdi: -O’zimga o’rtoq izlab ketyapman -Kel birga do’st bo’lamiz” debdi qizil nuqta. “Ho’p” debdi ko’k nuqta. Ular yo’lga ravona bo’libdi. Yo’lda ular yashil nuqtaga duch kelibdi. Ular yashil nuqtadan “Qayoqqa ketyapsan” deb so’rashibdi. “O’zimga o’rtoq izlab ketyapman” deb javob beribdi yashil nuqta. “Kel, birga do’st bo’lamiz” deyishibdi. Tez orada ularni soni juda ko’payib ketibdi. Barcha nuqtalar bir chiziqqa tizilishib yelkama-yelka turishgan ekan mo’jiza yuz berib to’g’ri chiziq dunyoga kelibdi. Burchakning hosil bo’lishi Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim Matematika mamlakatida nuqta va to’g’ri chiziq yashagan ekan. Nuqta to’g’ri chiziqning ustiga chiqib tinmay sakrab o’ynar ekan. Kunlardan bir kuni to’g’ri chiziq sinib ketibdi. Nuqta uning singan joyidan mahkam ushlab olib, qo’yib yubormabdi. Natijada burchak hosil bo’libdi. Shundan buyon nuqta burchakning uchida yashar ekan. 1 boshlovchi:Endi navbatni sportchi do’stlarimizga beramiz. SPORT O”YINI 2- boshlovchi: Matematik shakllar rosa suhbat qurishdi Tinglab ko’rsam, juda qiziq, demang asta urishdi. Har birining sirlarini oshkor etib barchaga Bir-birini askiyaga olib xandon kulishdi. 1- boshlovchi:Askiya deysizmi? Matematikada askiyaga nima bor? 2 - boshlovchi:Agar matematikada askiya askiya bo’lishiga ishonmasangiz, marhamat. O’zingiz guvoh bo’ling. Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganizman Qayerda to’xtashni bilmay, 1 narsadan quruq qolganday chopib ketayotga chegarasiz to’g’ri chiziqmisiz? Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganizman O’zingizchi yum-yumaloq chiziq ichida turib olib tashqariga qayerdan chiqishni bilmay boshi aylanayotgan aylanamasiz? Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganizman Voy bo’ ona tilida darak gap oxirida qo’yilaman, matematikada sonlarni bir-biriga ko’paytiraman deb yurgan nuqtamisiz? Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganizman Muncha kuyasiz? Hech kim meni nazarga ilmayapti, birov esiga ham olmayapti deb ko’z yoshlaringiz tomchi tomchi tomib turgan ko’p nuqtamisiz? Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganizman Siz ham yomonsiz, sonlar buncha ko’payib ketdi deb, sonlarni qassob kabi nimtalab bo’lib tashlayotgan bo’luv ikki nuqtamisiz? Gulmisiz, sunbulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganizman Siz ham anoyi emassiz. To’plagan pullarimdan qancha foyda chiqdi ekan deb umumiy puldan o’zingiznikini ayirayotgan oluv ishorasi ayiruv – minusmisiz. Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling