Matematika va Informatika go’zallikka kon!
Avtor:Kunlardan bir kun Uchburchak bilan To‘rtburchak tortishib qolishibdi. To’rtburchak
Download 39.49 Kb.
|
matematik ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchburchak
- 2-o’nburchak
- 1-boshlovchi
Avtor:Kunlardan bir kun Uchburchak bilan To‘rtburchak tortishib qolishibdi.
To’rtburchak: «Sen qanaqasiga ko‘pburchak bo‘lasan? – – Senda faqat uchtagina burchak bor. Uchta burchak ko‘p bo‘libdimi. Mana menda burchaklar ko‘p, bir emas, to‘rtta». Uchburchak:«Nima bo‘pti, to‘rtta bo‘lsa, agar sening o‘rtangdan bitta diagonal o‘tkazilsa, atigi ikkita uchburchakdan iborat ekanliging hammaga ma’lum-ku?». Avtor: Tortishuvni ikkita O‘nburchak eshitib, bahslashuvchilarni ajratishga kirishishibdi. O’nburchak:«Siz ikkalangiz ham ko‘pburchaksiz, Men ham ko‘pburchakman. Kvadrat va Romb ham ko‘pburchak. Faqat bizning burchaklarimiz soni har xil. Lekin, har birimizda burchaklar bor, aylana va doirada bunday emas.Yana bizning har birimizning tomonlarimiz ham bor. Burchagimiz nechta bo‘lsa, tomonlarimiz ham shuncha. Oltiburchakda oltita, O‘nikki burchakda esa o‘n ikkita tomon bor. 2-o’nburchak:Bulardan tashqari hamma ko‘pburchaklarning perimetri bo‘ladi. Perimetr barcha tomonlarning yig‘indisiga teng. Perimetrni bizning kiyimimiz yoki chetimiz deb qarash mumkin. Shu bilan birga, hamma ko‘pburchaklar inson uchun foydalidir. Bizning yordamimizda kishilar parket va koshin plitalar yasaydilar, uylarning chizmalarini chizadilar va turli-tuman mashinalar o‘ylab chiqaradilar. Xullas, biz ko‘pburchaklarning o‘zaro talashishimizga hech qanday asos yo‘q». Avtor: Uchburchak bilan To‘rtburchak yarashib olishibdi. O‘nburchaklar ular bilan xayrlashib, o‘zlarining shlyapalarini yechibdilar va bir daqiqada o‘nbir burchakka aylanib qolibdilar 1-boshlovchi: -Biz matematika fan sirlari bilan ovora bo’lib informatikani unutmadikmi? Navbat “Kompyuter saboqlari” to’garagi faollariga 2-boshlovchi: Turmush uchun eng zarur transport tarmoqlarin Gaz bilan ta’min etish, Telefon aloqasin, Tarmoqlar loyihasi va ular taqsimoti, Kommunal xo’jalikka oid qancha yumushni- Ilmiy boshqarmoq uchun zarur informatika. 1-b: Davlat bankiga oid turli-tuman yumushlar, Ixtiyoriy sug’urta, hisobga oid ishlar, Ekologik boshqarish, fanga oid rejalar, Barcha qimmatli qog’oz, lotareya zayomlar bilan ishlamoq uchun zarur informatika Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling