Matematika va Informatika go’zallikka kon!
Download 39.49 Kb.
|
matematik ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zim yolg’izman, Bitta ham o’rtog’im yo’q, endi o’zimga o’rtoq izlayman. Mayli, nima bo’lsa, peshonamdan ko’raman.
- 2- boshlovchi
1- boshlovchi: Matematikada askiyani eshitdingiz, matematikada ertak borligiga ham ishonasizmi?
2- boshlovchi: Sahnaga ertakchi bolajonlarni taklif etamiz. Diqqat bilan tinglang. To’g’ri chiziq qanday dunyoga kelgan Qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ichlar yashaydigan Geometriya mamlakatida bir jajjigina nuqta bo’lgan ekan. Bu nuqta juda chiroyli qip-qizil rangda ekan. U bir kuni o’ziga-o’zi: -O’zim yolg’izman, Bitta ham o’rtog’im yo’q, endi o’zimga o’rtoq izlayman. Mayli, nima bo’lsa, peshonamdan ko’raman. Shunday qilib, qizil nuqta sayohatga otlanibdi. U yo’lda chiroyli ko’k nuqtaga duch kelibdi. Qizil nuqta ko’k nuqtadan so’rabdi: -Qayoqqa ketyapsan? Ko’k nuqta javob beribdi: -O’zimga o’rtoq izlab ketyapman -Kel birga do’st bo’lamiz” debdi qizil nuqta. “Ho’p” debdi ko’k nuqta. Ular yo’lga ravona bo’libdi. Yo’lda ular yashil nuqtaga duch kelibdi. Ular yashil nuqtadan “Qayoqqa ketyapsan” deb so’rashibdi. “O’zimga o’rtoq izlab ketyapman” deb javob beribdi yashil nuqta. “Kel, birga do’st bo’lamiz” deyishibdi. Tez orada ularni soni juda ko’payib ketibdi. Barcha nuqtalar bir chiziqqa tizilishib yelkama-yelka turishgan ekan mo’jiza yuz berib to’g’ri chiziq dunyoga kelibdi. Burchakning hosil bo’lishi Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim Matematika mamlakatida nuqta va to’g’ri chiziq yashagan ekan. Nuqta to’g’ri chiziqning ustiga chiqib tinmay sakrab o’ynar ekan. Kunlardan bir kuni to’g’ri chiziq sinib ketibdi. Nuqta uning singan joyidan mahkam ushlab olib, qo’yib yubormabdi. Natijada burchak hosil bo’libdi. Shundan buyon nuqta burchakning uchida yashar ekan. 1 boshlovchi:Endi navbatni sportchi do’stlarimizga beramiz. SPORT O”YINI 1 –boshlovchi: Mana, “Matematika bu sehrli olam, informatika- yorqin kelajak” deb nomlangan tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. O’ylaymizki, matematikaning sirli olami , informatika faning yorqin kelajagi sizlarni o’ziga rom etgan bo’lsa kerak. 2- boshlovchi: Zero, shu kelajakning egalari – siz aziz yoshlar. Sizlarga bu fan tilsimlarini ochishingizda vatandosh olimlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ahmad al-Farg’oniylar ruhi madadkor bo’lsin. 1 –boshlovchi: Kelajakni ravshan ko’rsatib turgan Yurtim mash’ali bor qo’llarimizda Hech qanday tahlikka,hech qanday ofat To’g’o’n bo’lo’lmaydi yo’llamizda Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling