Matematika va Informatika go’zallikka kon!
Download 39.49 Kb.
|
matematik ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 boshlovchi
- boshlovchi
- Matematik maqollar aytishuv (7-sinf)
- Ko’pburchak haqidagi sahna ko’rinishi (5-sinf)
“Matematika va Informatika go’zallikka kon!” tadbir ssenariysi Maktab faollar zali bayromana bezatilgan . Tadbirga 5- 11 sinf o’quvchilari jalb etilgan. Tadbirni 10 sinf faol o’quvchi qizlari olib borishadi. Tadbir sokin musiqa sadolari ostida shoir Iqbol Mirzoning “Aytgil , do’stim” she’ri bilan boshlanadi Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun . Osmonlarda yurgan bo’lsang, tuproqqa ayt, Aytgil,do’stim,nima qildik Vatan uchun?! Ko’zi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun Aytgil,do’stim, nima qildik Vatan uchun ?! Qachongacha qorning o’ylab o’tadirsan? Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan? Axir Vatan bitta, sen xam bittadirsan, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo’lgin dexqonlarga , Suyangani tayoq bo’lgin cho’ponlarga, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! Xech kimdan kam emassan, kam bo’lmagaysan , Yerda qolsang, oftob bo’lib kulmagaysan . Qachon belni maxkam tortib bog’lagaysan? Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! Shusoylardan suvlar urgin yuzingga sen, Birbor nazar solgin bosgan izingga sen, Shu savolni berib ko’rgin o’zinga sen, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! 1 boshlovchi: Keling barcha ja’m bo’lgan joyda Boshni egib qilaylik ta’zim Besalomlik erur befoyda Deylik assalomu-alaykum. 2- boshlovchi: Xush kelibsiz mehmonlar Chin ko’ngildan assalom Xush kelibsiz tadbirga Sizgadir shirin kalom 1 boshlovchi: Assalomu alaykum ,qalb qo’ri bilan quyoshni lol qoldirib bilim berayotgan ustozlar 2 boshlovchi:Assalomu alaykum ,hayoli faqat ,bilim olish bilan yonayotgan katta-kichik maktabdoshlar. 1 boshlovchi: Azizlar bugungi matematika- informatika fanlariga bag’ishlab o’tkazayotgan kechamizga xush kelibsiz 2 boshlovchi: Kundalik turmushimizda har qadamda raqam va sonlarni ishlatamiz. Raqamlar bozor- do’konlarda, pul sanashda, vaqtni aniqlashda, transportga chiqishimizda, telefon qilishimizda va boshqa har qanday narsani o’lchashda bizning eng yaqin yordamchimizdir. 1 boshlovchi: Xulosa qilib aytganda, hayotni raqamlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi. Ko’zi ojiz kishiga hassa qanchalik asqotsa, raqamlar ham bizga shunchalik ko’mak beradi. 2 boshlovchi: Raqamlar hatto bizning ishlarimizni, maktab yoki oily o’quv yurtlarida qanday o’qiyotganimizni ham ko’rsatib turadi. Fan texnikani raqam va sonlarsiz xayolga keltirib ham bo’lmaydi: Fazoviy kemalar uchishidan tortib, yerdagi qadamimiz ham raqamlar bilan o’lchanadi. Shu jumladan, iqtisodiyot ham raqamlarga tayanadi. 1 boshlovchi:Bunga kundalik gazeta va jurnallarni iqtisodiyotga bag’ishlagan satrlarini ko’rib ishonch hosil qilishimiz mumkin. Faol tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar raqamlarga boy: aksiyalar qiymati, valyuta kurslari qiymati, ularning foizi, xarajatlar miqdori va boshqa barcha statistik ma’lumotlarni matematika hamda informatika va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydilar . 1 boshlovchi: Ming yil avval ham mashhur Bo’lgan bizning bobolar Har bir ilmda tеngsiz Nom qozongan daholar. 2 boshlovchi: Xalqimizning faxridir Nеcha buyuk siymolar Al – Xorazmiy, Farobiy Bеruniy-u – Sinolar. Sahnaga matematika yozuvi bilan 5- sinf o’quvchilari chiqadi: O’quvchi: Muso al-Xorazmiy porlagan yulduz To hanuz nur sochib tolmagan yulduz Al-jabrning otasi nomidir mangu Ming yillarkim mudom so’nmagan yulduz. O’quvchi: A hmad Farg’oniydir farg’onam mani Asrlar qa’ridan jaranglar nomi Farzanding bo’loldi o’zga yurda ham Miryosi Nil bo’lib tutdi dunyoni O’quvchi. Tadbiqlar dunyosikezar dunyoni Ikkinchi muallim nomi abadiy Kuy ohanga qo’shib riyozotni Mangu porloq yulduz bo’ldi Farobiy O’quvchi: Eta oldi uning aql mash’ali Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniy nomi ko’p asr hali Unutmas yulduzi so’nmagay zinhor O’quvchi:Moviy osmon qadar ko’tarib Narvon Dunyoni lol qildi ustoz Ulug’bek Bu kun dastur amal “Ziji ko’ragon” Jahonda o’rnini topaoldi o’zbek O’quvchi. Arifmetika kalitin topaoldi Koshi Olib kirib fanga o’nli kasrlar Avlodlar qalbidan o’chmagay nomi Tarix ko’rsa hamki 7 asrni O’quvchi.Temuriy bobomlar suygan alloma Farzandi Arjuman nomini olib O’tsa hamki necha asr zamona Ali Qushchi charnagan bir yulduz bo’lib. O’quvchi. Integral hisobiy tenglamalarni Darsliklar, ko’rsatma, qo’llanmalarni Yozdi bizlar uchun Qori Niyoziy Unutmaymiz biz bu qo’llanmalarni. O’quvchi: K im desalar aytgin dono bilimdon Shogirtlarga doim ustoz mehribon Ehtimollik sari boshladi bizni Toshmuhammad ustoz Alijon o’g’li O’quvchi:Ajdodlar merosin muqaddas bilib Yoshlarga hamisha bo’lgan ustoz Akademik arbobi nomini olib Sa’dixon Xasan o’g’li topaoldi e’zoz Matematika –aql chirog’i Matematika –ilm o’chog’i. Matematika –bilim bulog’i Matematika –fanlarning shohi. 1 boshlovchi: Asrlar ortidan kelar asrlar Unut bo’lar o’tmish zamon ko’p sirlar Ammo, yaratilgan fan asoslarin Asrdan asrga eltar nasllar 2 boshlovchi: Eslatay Gaussning durdona so’zin Hisob-kitob ochmish aqlning ko’zin Matematika fanlarning podshosidir Har ish sohada ko’rsatar o’zin Matematika haqida mashhur kishilarning fikrlari (7-sinflar) - Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Qori Niyoziy. - Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi. Rene Dekart - Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir. N.G. Chernishevskiy. - Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi maxsulidir. Abu Rayhon Beruniy - Matematika – aql gimnastikasidir. A.V.Suvorov - Matematika san’atning bir turidir. N.Viner - Agar kishilarning har qanday tadqiqoti matematika asosida isbot qilinmasa, bu tadqiqotni hech qanday haqiqat deb bo’lmaydi. Leonardo Da Vinchi -Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab turgan tartibsizliklarda yashiringan tartibni topishdan iborat. N.Viner Boshlovchi:Hisob ilmin ostida 10 dona sehrli raqam , Sonlar raqamlar ila ma’nolidir bu olam, Raqamlar 10 li sistemaning yuragi, Hisob uchun xizmat qilmoq erur tilagi. 7- sinf qizlari tomonidan raqs ijro etiladi. 1-Boshlovchi : Dovonlardan qoqilmay o’tishingizda Savodli bilimdon, zukko bo’lishingizda Hamkor erur hamisha sanoq Matematikadan olingiz saboq Matematikasiz hayot hech qachon kulmas Do’stlar matematikani sevmasdan bo’lmas 2- boshlovchi : Matematik maqollar aytishuv (7-sinf) -Sanamay sakkiz dema, -Yetti o’lchab bir kes, -Bir tol o’rsang- mingni ek -Bir yegitga etmish hunar oz, -Ming o’ylab- bir suyla. -Ikki o`n bеsh bir o`ttiz -Bilagi zo`r birni yiqitar, bilimi zur mingni. -Bir tup tok eksang bir tup tol ek. -Bir kun tuz yegan joyingga qirq kun salom bеr. -Ko`p og`iz bir bo`lsa, bir og`iz yеngilar. -Bir yigitga yеtmish hunar oz. -Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavxar tеradi. -Birni kessang o’nni ek. -Besh qo’l barobar emas. -Bir kun tuz ichga joyingga qirq kun salom ber. -Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda. -Ikki yorti bir butun. -Bir boshoq don – bir savat non. -Do’sting mingta bo’lsa ham kam, dushmaning bitta bo’lsa ham ko’p. -Birniki mingga, mingniki tumanga. -kki quyonni quvlagan birini ham tutolmaydi. -Bir kun janjal bo’lgan joydan qirq kun baraka ketadi. 1-o’quvchi: Matematika fani go’zallikka boy juda, Go’zal son, go’zal yechim, go’zal chizma serjilo, Boshqotirgich, viktorina, aqlni peshlasa gar, Topishmoqli misollar, dilga huzur baxsh etar, Barcha ishga tayyormiz, erk va tinchlik yo’lida. Chin yurakdan qutlaymiz bugungi anjumanni. Ko’pburchak haqidagi sahna ko’rinishi (5-sinf) Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling