Matematika va miqdoriy usullar


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/73
Sana13.12.2022
Hajmi1.88 Mb.
#1000499
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Mat Miq Usul UMK 22 23

7-misol. Turistik firma xodimlarni ishga olish uchun tarix va chet tilidan test o‘tkazdi. 
Oxirgi test natijalariga ko‘ra, nomzodlarning 60% i tarix, 80% i chet tilidan test sinovlaridan 
muvaffaqiyatli o‘tgan. 
Tasodifiy tanlangan nomzodning
a) ikala sinovdan o‘tishi; 
b) faqat tarix sinovidan o‘tishi; 
v) faqat 1 ta sinovdan o‘tishi; 
g) ikkala testdan o‘ta olmasligi 
d) har-bir holatga mos kutilayotgan qiymat (matematik kutilma) ni toping. 
8-misol. Pandemiya tuguganligi sababli, turfirmaga murojaat qiluchilar soni oshdi. 1 soat 
ichida murojaat qiluvchilar soni 0 dan 4 kishigacha ekanligi ma’lum. Quyidagi jadvalda 1 soat 
ichida murojaat qiluvchilar soni, hamda mos ehtimolliklar keltirilgan. 
Murojaat qiluvchilar 
soni (X) 





Mos ehtimollik (r) 
0,1 
0,3 
0,3 
0,2 
0,1 
Kutilayotgan qiymatni toping. 
5-amaliy mashg‘uloti. Miqdorlar orasidagi munosabatlar tahlili. 
 
 
1-mashq (korrelyatsiyaga doir). 
1. Quyidagi ma’lumotlar to‘plami nomzodlarning ularning test nazoratlari natijalari aks 
ettiradi. Tarqoqlik grafigidan foydalanib, har bir holat uchun korrelyatsiya koeffisientini toping va 
har bir misolda ikkita test natijasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang 


81 
2. Sayyohlik firmasi marketing bo‘limi boshlig‘i har oylik reklama xarajatlarini va sayyohlik 
biletlarining sotilish hajmini tahlil qilishni so‘radi. Jadvalda YaSh yo‘nalishi bo‘yicha sotishdan 
tushgan oylik daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek uning reklamasi bilan bog‘liq 
xarajatlari miqdori ko‘rsatilgan: 
Jadvaldan foydalanib, ushbu ikkita ma’lumotlar to‘plami o‘rtasidagi korrelyatsiya darajasini 
hisoblang hamda reklama xarajatlari va YaSh yo‘nalishiga biletlar sotishdan tushgan daromad 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang. 
2-mashq (ahamiyatlilikka doir). 
2. To‘rtta moliyaviy tahlilchilarning fond bozoridagi o‘zgarishlarga nisbatan bashoratlari 
hamda bozordagi haqiqiy tebranishlarga doir ma’lumotlar o‘zaro taqqoslandi. Har bir holat uchun 
korrelyatsiya koeffisientining ixtiyoriy momentdagi qiymatlari hisoblab chiqilgan. Tahlilchilarga 
fond bozorining ba’zi ko‘rsatkichlari: Dou-Djonsa, Nikkey-Dou hamda FT100 indekslaridagi 
o‘zgarishlarni baholash taklif qilindi. Jadvalda 20 hafta davomidagi tahlilchilar bashortalari va 
haqiqiy qiymatlar o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffisientining qiymatlari ko‘rsatilgan: 
(i) Har bir holatda korrelyatsiya darajasini izohlang va bu qiymatlarni to‘rtta tahlilchining har 
biri bozor o‘zgarishini prognoz qilish sifati nuqtai nazaridan izohlang. 
(ii) Ulardan birining bashorat qilish sifatini boshqalardan ustun deb ayta olasizmi? 
Javobingizni asoslang. 
(iii) Jadvaldagi ma’lumotlarga asoslanib, fond bozori uchta ko‘rsatkichining bashoratlanishi 
imkoniyatini izohlang. Sizningcha, qaysi indikatorni bashoratlash osonroq? 
(iiii) Tegishli baholash mezonidan foydalanib, olingan korrelyatsiya koeffisientlarining 
ahamiyatli ekanini ko‘rsating. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling