Matematika va miqdoriy usullar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mat Miq Usul UMK 22 23
Topshiriqlar.
1. Sport klubiga 24 ta odam a’zo bo‘lib, ularning har – biri hech bo‘lmaganda ikkita sport turini (basketbol va volleybol)ning bittasi bilan shug‘ullanadi. Agar ulardan 12 kishining sportning har ikkala turi bilan shug‘ullanishi, shu bilan birga volleybol bilan shug‘ullanuvchilarning soni basketbol bilan shug‘ullanuvilar sonidan 3 marta ko‘p ekanligi ma’lum bo‘lsa, qancha kishi sportning volleybol turi bilan shug‘ullanadi? 16 2. Chirchiq shahri barcha fuqarolari o‘zaro ikki – o‘zbek va rus tillarida muloqot qilishib, ulardan 80% i o‘zbek, 75% i rus tilida gaplashishadi. Shahar aholisining necha foizi ikkala tilda gaplashishadi? 3. Talabalar guruhi sayohatga yo‘l olishdi. Ulardan yettitasi o‘zi bilan buterbrod, oltitasi – meva, beshtasi – shirinlik olishdi. To‘rtta talaba o‘zi bilan buterbrod va meva, uchtasi – buterbrod va shirinlik, ikkitasi – meva va shirinlik va nihoyat bittasi o‘zi bilan ham buterbrod ham meva, ham shirinlik olgan. Sayohatga borgan talabalar sonini toping. 4. 40 ta talabali guruhning sardori 1-yarim yillik o‘zlashtirish natijalarini qarab chiqib, quyidagilarni aniqladi: talabalardan 25 tasi rus tilidan, 28 tasi matematikadan, 16 tasi rus tili va matematikadan, 31 tasi fizikadan, 22 tasi fizika va matematikadan va 16 tasi fizika va rus tilidan 3 baho olishmagan. Bundan tashqari 12 ta talaba birorta fandan ham 3 olmagan. Guruh kuratori ushbu natijalarni qarab chiqib, ushbu hisoblarda xato borliggini aniqladi. Eyler-Venna diagrammasi yordamida ushbu xatoni aniqlang. 5. Turistik firmada ishlovchi xodimlarning barchasi hech bo‘lmaganda bitta chet el tilini bilishadi. Shundan 7 tasi ingliz, 7 tasi nemis, 8 tasi fransuz, 5 tasi ham ingliz, ham nemis tilini, 4 tasi nemis va fransuz, 3 tasi fransuz va ingliz, 2 tasi uchala tilni bilishadi. Firmada ishlovchi xodimlar sonini toping. Ulardan nechtasi faqat fransuz tilini biladi. Nechta kishi faqat bitta tilni biladi? Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling