Matematika va miqdoriy usullar
p (faqat bitta yo‘nalish) = = p
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mat Miq Usul UMK 22 23
p (faqat bitta yo‘nalish) =
= p (“Yaqin Sharq” va “Evropa” emas yoki “Yaqin Sharq” emas va “Evropa”). Qoidaga ko‘ra, hodisalar kombinatsiyasida "va" birikmasi mavjud bo‘lganda, ehtimollik qiymatlari ko‘paytirilib (ular bir -biridan mustaqil deb faraz qilinadi), hodisalar birikmasida "yoki" birikmasi mavjud bo‘lganda, biz ehtimollik qiymatlarini qo‘shamiz (agar voqealar birgalikda bo‘lmasa). Shunday qilib, p (faqat bitta yo‘nalish) = = p(«Yaqin Sharq ») p(«Yevropa» emas)+ p («Yaqin Sharq emas) p («Yevropa»)= = 0.24 x 0.8 + 0.76 x 0.2 = 0.192 + 0.152 = 0.344 (ili 34,4%). Demak, buyurtmalarning uchdan biridan ko‘prog‘i ushbu mahsulotlarning faqat bittasini o‘z ichiga oladi. 4-misol. «Turfirma yangi rahbar xodimlarni ishga qabul qilishda turli xil baholash usullaridan, jumladan matematik savodxonlik va nutq mantig‘i tekshirish testlaridan foydalanadi. O‘tgan tajribadan ma’lumki, nomzodlarning 60 foizi matematik savodxonlik, 80 foiz nomzodlar esa nutq mantig‘idan test topshirishadi. Bitta testdan o‘tish ikkinchi testdan o‘tish natijasiga ta’sir qilmaydi degan faraz asosida, tasodifiy tanlangan nomzodning turli natijalarga erishish ehtimolini topishimiz mumkin. Misol uchun, bunday nomzodning: a) ikkala testdan ham o‘tishi; b) faqat bitta testdan o‘tishi; yoki c) ikkala testdan ham o‘tmasligi hodisalari ehtimolini topaylik. Bizga har-bir testga doir yutuq ehtimoli ma’lum: p (Matematikani topshirdi) = 0.6, p (Logiku) = 0.8. 39 Shunday qilib: p (Matematikadan o‘tmadi) = 0.4 va p (Logikadan o‘tmadi) = 0.2. a) Ikkala testdan o‘tadi. p (ikkala testdan o‘tishi) = p (Mat. o‘tdi va Logika o‘tdi) = =(bir-biriga bog‘liq emas)= p (Mat. o‘tdi) x p (Logika o‘tdi) = = 0.6 0.8 = 0.48 (ili 48%). Demak, nomzodlarning 48% ikkala testdan o‘tish mumkin. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling