Matematikani o
Matematika darslarini innovatsion texnologiyalar asosida o`qitish
Download 62.87 Kb. Pdf ko'rish
|
145-150
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995
Matematika darslarini innovatsion texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi. Innovatsion texnologiya hozirda barcha innovacion kasblar xamda talim-tarbiya jarayonini tashkil-qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’lik kasblarning asosini tashkil qiladi. Dars mavzusiga qarab innovatsion texnologiyalar asosida yoki ananaviy tarzda o`tkazilsa maqsadga muvoffiq bo`ladi. Bazi maruza darslari maktab o`quvchilarini zeriktirishi mumkin, sababi bolalar o`smirlik davrida betoqat, qiziqqon bo`lishadi va darslardan tezda zerikishi mumkin. Shuning uchun innovacion texnologiyalarni darsda “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-1, January - 2023 146 qo`llab o`quvchilarning darsga aktivligini, qiziqishini oshirsa va ularga kerakli bilimni bera olsa o`qituvchi darsda o`z oldiga qo`ygan ijobiy maqsadiga erishadi. Innovacion texnologiyani darsda qo`llashda darsning mavzusiga karab, darsning maruza yoki amaliy mashg’ulot ekanligiga qarab tanlanadi. Mavzu: «Haqiqiy sonlar». Bu mavzuga matematika fanidan maktab o`quvchilari uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish uchun innovatsion texnologiyalarni o`z o`rnida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Pedogogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o`ziga xos vositalari zarur bo`ladi. Har bir innovatsion texnologiyada qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, audio, tabiy hamda o`quv anjomlari. Bizning mavzumizga vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi. Verbal vositalarining asosini axborot tashkil qiladi. Ular so`zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo`lib, ularni so`z orqali ifodalab berish uchun o`qituvchi uni o`zlashtirgan bo`lishi, yani shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, pedogogik texnologiyalarning verbal vositalarini o`qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi. Verbal muloqot shakllari har hil bo`lib, ularning asosiylari nutq so`zlash, maruza, suhbatlashish, savol so`rash, savolga javob berish, bahs, munozara, muzokara, xabar berish, kengash, maslahat, nasihat, tanbeh, salomlashish, xayrlashish kabilarni o`z ichiga oladi. Ushbu verbal muloqot shakllarida qo`llaniladigan nutq intenatsiyalari so`zlovchilarning fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo`lgan mano mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi. O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi. Bu jarayonda o`quvchilar diqqatini jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo`ladilar. Bunda o`quvchining qiziqishi, havasi, ehtiyoji, mafaatdorligi, qobiliyat, istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi. Yuqoridagi fikrning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib o`tamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling