“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-1, January - 2023
149
Esda qolishi uchun butun sonlarga matematik va hayotiy misollar keltirib o`tamiz.
Misol uchun: “-8,-7,-6,-5,-.-3,-2,-1,0,1,2 ... sonlarning har biri butun sonlardir.
Hayotiy misol oladigan bo`lsak havo harorati pasayib ketdi +2°,-1°, 0° darajaga
tushgandan keyin yanada havo sovisa bizga yanada kichikroq son kerak bo`ladi, shu
kabi extiyojlardan kelib chiqib biz -1,-2 undan ham sovisa -3,... sonlarni kiritamiz bular
birgalikda butun son bo`ladi” deb yana shunday bir necha misollarni keltirib darsni
davom ettiramiz.
Shundan so`ng kasr sonlarga ham tushuncha beriladi va misollar bilan
mustahkamlanadi. Blok mustahkam yoritilgandan so`ng o`quvchilar bilan blok
yuzasidan qisqa muddatli savol- javob va fikr almashinuv bo`lib o`tadi. Savol-javob
10 daqiqa bo`lib o`tadi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish uzog’i bilan 5
daqiqagacha davom etadi. Bu holat o`quvchining maruzaga bo`lgan munosabatini
ijobiy tomonga o`zgartiradi va maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi.
İkkinchi blok
Ushbu blok quyidagi mavzuchalardan iborat:
“Ratsional va irratsional sonlar”. “Cheksiz o`nli kasrlar”.
Ratsional sonlarni boshlashdan oldin qisqacha mavzuga doir gapirib o`tilsa
maqsadga muvoffik bo`lar edi. Masalan: “Natural va butun sonlarning orasida ham
sonlar bor misol uchun 1 va 2 sonining orasida ј yoki Ѕ kabi shunga o`xshash sonlar
bor, bu sonlarni bilishimiz uchun esa bizlarga ratsional songa extiyoj tug’iladi. Hozir
biz bu sonlarni o`rganamiz” deb so`ngra tarifni boshlaymiz.
Tarif. “t/p ko`rinishida yozish mumkin bo`lgan har qanday son ratsional son deb
ataladi. Bunga m€Z va n€N” deb so`ngra misollar bilan boyitiladi. Ratsional sonlar
to`plamini Q bilan belgilaymiz: Q={a/a = t/p , m€ Z, n€N}.
Shundan so`ng uning qoidalari aytib o`tiladi va misollar ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |