Matematikani o
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 62.87 Kb. Pdf ko'rish
|
145-150
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-1, January - 2023 147 O`qituvchi faol usulda o`tkazish. Xar qanday yuqori saviyada o`tkazilgan maruza, garchand u faktlarga boy bo`lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o`quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o`quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Maruza qancha uzoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi. Shuning uchun maruzani kichik innovatsion texnologiya darajasida quyidagicha tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug’diradi. O`qituvchi o`z maruzasini bir necha bloklarga bo`ladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mazu bilan bog’liq qisqa savol-javob, fikr almashuv olib boradi. Dars davomida ayrim muammolarni o`rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig’ida bu muammoga o`kuvchilarning munosabatini aniqlaydi. Ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Ammo, uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlarini ham tinglaydi. Bu holat maruzaga bo`lgan munosabatni ijobiy tomonga o`zgartiradi, maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish 5 daqiqagacha davom etadi. O`qituvchi o`quvchilarning qiziqish, intilish, masuliyati oshib borishini kuzatib boradi. Maruza davomida muntozam faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar maruzachining tayanchiga aylanadi. Dars davomida mavzuni sekin-asta o`quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boriladi va qisqa munozaralar orqali tegishli echimlar topiladi. Shu holatda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Maruzaning yana davom etishini hohlab, befarqlik o`rnini hushyorlik, ichki intilish, echim qidirish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar. Bunday darslar har ikki tomonning o`zaro faolligini oshiradi, navbatdagi munozaraga chorlaydi. Biz hozir «Haqiqiy sonlar» mavzusini mavzularga ajratib olamiz va ikki qismga ajratamiz bu qismlar yuqorida aytib o`tganimizdek to`rt dars soati, yani ikki juftlik darsga ajratib olamiz va shu ikki juftlik darsni maruzaga ajratamiz, qolgan 10 soat dars amaliy mashg’ulotga qoladi. Quyidagicha mavzuchalarga ajraladi. Birinchi juftlik: Natural, butun, ratsional va irratsional sonlar. Cheksiz o`nli kasrlar. Davriy o`nli kasr, davriy o`nli kasrni oddiy kasrga aylantirish. İkkinchi juftlik: Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar. Haqiqiy sonning moduli va uning asosiy xossalari. Matematik induktsiya usuli. Ajratilgan ikki juftlik maruza darsining birinchi juftligini innovacion texnologiyalar asosida qisqacha tanishtirib o`tamiz. Birinchi juftlik maruza darsi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling