Materiallar qarshiligi o‘quv dasturi bilim sohasi
Download 364.4 Kb. Pdf ko'rish
|
2 semestr (3,4-semestr-2022) 60-30-30 - BI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-semestr (15 soat)
3-semestr (15 soat)
Amaliy mashg‘ulotlar kuyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Brus kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash. Ichki kuchlarning epyuralarini qurish. 2. To‘g‘ri sterjenning cho‘zilishi-siqilishi. Sterjenlarni mustahkamlikka, bikrlikka hisoblash. 3. Cho‘zilish-siqilishda statik noaniq masalalar. 4. Tekis kuchlanganlik holati. Umumlashgan Guk qonuni. Qiya yuzalaridagi kuchlanishlarni hisoblash. 5. Siljish deformasiyasi. Siljishga ishlaydigan birikmalar hisobi. 6. Tekis kesimlarning geometrik xarakteristikalari. 7. To‘g‘ri o‘qli sterjenning buralishi. Doiraviy va xalqasimon kesimli valni mustahkamlikka va bikrlikka hisoblash. 8. To‘g‘ri o‘qli brusning egilishi. Eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarni aniqlash va ularning epyuralarini qurish. Balka kesimidagi kuchlanishlarni aniqlash. Balkani mustahkamlikka hisoblash. 9. Balka o‘qidagi ko‘chishlarni aniqlash. Egilgan o‘qning tenglamasi. Balkani bikrlikka hisoblash. 4-semestr (15 soat) 1. Statik noanik balkalarda deformasiyalarni solishtirish usuli. 2. Statik noaniq tizimlar hisobi. 3. Brusning murakkab qarshiligi. Umumiy holda yuklangan brus kesimlaridagi ichki kuchlarni aniqlash. Murakkab deformasiyaning oddiy ko‘rinishlari: balkaning qiyshiq egilishi, sterjenga nomarkaziy bo‘ylama kuchning ta’siri, valning egilib buralishi. 4. Siqilgan sterjenlarning ustivorligi. Eylerning kritik kuch formulasi. Eyler formulasining qo‘llanish chegarasi. Siqilgan sterjenlarni ustivorlikka hisoblash. 5. Sterjenlarni buylama –kundalang egilishi. 6. Dinamik kuchlar ta’siridagi sterjenlar hisobi. Sterjenni zarbaviy yukka hisoblash. Bir massali sistemaning tebranma xarakati. Erkin va majburiy tebranma xarakat. Rezonans hodisasi to‘g‘risidagi tushuncha. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli inshoot va konstruksiyalar elementlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustivorlikka hisoblash asoslarini o‘rganadilar. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlarda boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, turli masalalarni mustaqil yechish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, qonun va me’yoriy hujjatlardan foydalana bilish va hakozolar tavsiya etiladi. Download 364.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling