Materiallari


Texnik xujjatlarning me`yoriy nazorati


Download 1.61 Mb.
bet17/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

3.Texnik xujjatlarning me`yoriy nazorati

Me`yoriy-texnik xujjatlarning (Go`ST, RST, STP) mazmuni nixoyatda turli-tuman bo`lib, o`zida matnli, jadvalli va grafik materiallarning jamlanmasini taqdim qiladi.

Me`yoriy nazoratning konstruktorlik xujjatlari uchun yuqorida keltirilgan talablari me`yoriy-texnik xujjatlarni tekshirish uchun xam to`lig`icha qo`llanilishi mumkin.

Shu bilan birgalikda, me`yoriy-texnik xujjatlar texnik qonunchilik vositalari bo`lib xisoblanishi sababli, me`yoriy nazorat ularning mazmuni va rasmiylashtirilishiga nisbatan o`ta qattiq talablarni qo`yishi lozim bo`ladi. Texnik xujjatlarning barcha turlariga o`zgartirishlar standartlarda belgilangan qoidalarga muvofiq tarzda kiritiladi.

Hujjatni o`zgartirish deganda xujjatning belgilanishini (mo`ljallanishini) o`zgartirmasdan turib xar qanday tuzatishlarni kiritish, biror-bir ma`lumotni chiqarib tashlash yoki qo`shimcha qilish tushuniladi.

Aloxida xabarnomalarga ko`ra kiritiladigan joriy o`zgartirishlar, seriyali ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan xujjatlar jamlanmasiga tuzatishlar kiritish paytida kiritiladigan maxsus o`zgartirishlar extiyotkorlik bilan obdon tekshirib chiqishni talab qiladi.

Me`yoriy nazoratda yo`llanma beruvchi xujjatlar, shuningdek o`zaro bog`liq bo`lgan xujjatlarga o`zgartirishlar kirituvchi xujjatlar tekshiruvdan o`tkaziladi. Shuningdek me`yoriy-texnik xujjatlarga kiritiladigan o`zgartirishlar xam tekshirib chiqiladi.

Yangidan ishlab chiqilgan o`zgartirishlar to`g`risidagi xabarnomalar bilan birgalikda taqdim qilingan xujjatlar me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan o`zgartirishlar to`g`risidagi xabarnoma bilan birgalikda bir paytning o`zida tekshirilishi lozim.

Hujjatlarni o`zgartirish yoki bekor qilish faqatgina o`zgartirishlar to`g`risidagi tasdiqlangan xabarnoma asosida amalga oshiriladi.

Xabarnomani tekshirishda taklif qilinayotgan o`zgartirishlar maxsulot yoki uning qismlarini ilgari tayyorlangan maxsulot yoki uning qismlari bilan ishlab chiqarish jarayonida yoki foydalanish paytida o`zaro almashtirishga putur etkazmasligiga ishonch xosil qilish lozim, aks xolda o`zgartirishlar amalga oshirilishi mumkin emas va o`zgartiriladigan xujjat o`rniga yangi texnik xujjat ishlab chiqilishi lozim.

Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim tekshirilayotgan xujjatlarda to`g`irlanishi yoki almashtirilishi lozim bo`lgan elementlarga qalam bilan belgilar (aylanaga olingan raqamlar) qo`yadi. Qo`yilgan belgilar xujjatlar imzolangunga qadar saqlanishi lozim va ularni me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim xujjatlar imzolangandan keyin olib tashlashi mumkin. Shartli belgilar (xato va kamchiliklar) “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro`yxati”ga kiritilishi lozim, unda xato va kamchiliklarning moxiyati va me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning takliflari qisqa va aniq tarzda ifodalab berilgan bo`lishi lozim.

Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning xujjat (loyixa) bo`yicha barcha “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro`yxatlari”ning jamlanmasi xujjatning (loyixaning) bajarilish sifatini baxolash uchun boshlang`ich material bo`lib xizmat qiladi.

Xatolar o`zining moxiyatiga ko`ra uchta kategoriyaga bo`linadi:


  1. ESKD talablarini buzadigan, biroq ishlab chiqarishning to`xtab qolishini keltirib chiqarmaydigan xatolar (o`lchamlar, masshtablarga amal qilmaslik).

  2. Ishlab chiqarish xabarnomalarini talab qiluvchi, ya`ni maxsulot ishlab chiqarishning (ishlab chiqarish jarayonining) to`xtab qolishiga olib keluvchi xatolar (chizmalarda ba`zi bir aloxida o`lchamlarning bo`lmasligi, mustaxkamlashning – qotirishning standartlarda mavjud bo`lmagan tiplashgan o`lchamlariga yo`llanmalar berish).

  3. Yaroqsiz maxsulot ishlab chiqarilishini chaqiruvchi xatolar (umumtexnik me`yorlarga – egilish va rez`balar radiuslariga, ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlarga amal qilmaslik va xokazolar).

Hujjat ko`rsatilgan xatolar va kamchiliklar bartaraf qilingandan keyin ijro qiluvchi bo`lim boshlig`ining ruxsati bilan qayta nazoratdan o`tkazishga taqdim qilinadi.

Hujjatlar uchinchi marta qayta nazoratdan o`tkazishga korxona bosh muxandisining (bosh muxandis o`rinbosarining) ruxsati bilan taqdim qilinadi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling