Materiallari


Texnik xujjatlarni me`yoriy nazoratdan o`tkazishning iqtisodiy samaradorligi


Download 1.61 Mb.
bet18/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

4.Texnik xujjatlarni me`yoriy nazoratdan o`tkazishning iqtisodiy samaradorligi

Texnik xujjatlarni me`yoriy nazoratdan o`tkazishning iqtisodiy samaradorligiga bir qancha ishlarni amalga oshirish: xujjatlarda yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatolarning oldini olish, detallar va yig`ish birliklarini boshqalari bilan almashtirishdan foydalanish va xokazolar xisobiga erishiladi.

Me`yoriy nazoratning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan va keyinchalik tuzatilgan xatolar bo`yicha aniqlanadi. Xatolarning oldini olish bilan olinadigan me`yoriy nazorat samaradorligi quyidagi boshlang`ich ma`lumotlar asosida aniqlanadi:

- texnik xujjatlarni ishlab chiquvchilarning xatolarni tuzatishga ketadigan mexnat sarfining tejalishi;



  • xujjatlarni to`g`irlash byurosi (rus. BID) xodimlarining xujjatlarni to`g`irlash uchun ketadigan mexnat sarfining tejalishi;

  • xujjatlarga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi xabarnomalardan nusxa ko`chirish va yorug`likli nusxa ko`chirish (svetokopiya) uchun ketadigan mexnat sarfining tejalishi;

  • vaqtning ma`lum bir oralig`idagi (oy, chorak, yil) xatolar sonining qisqarishi.

Me`yoriy nazoratdan o`tkazish paytida aniqlangan ikkinchi yoki uchinchi kategoriyali bitta xatoni to`g`irlashga ketadigan vaqt sarfining tejalishi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:

3t = t1 +t 2 + t3 + t4 + t5 + t6 + t7 + t8 + t9 + t1o

Bunda :

t1- ishlab chiquvchining;



t2 – tekshiruvchining (ishlab chiquvchining vaqt sarfidan 25 %);

t3 – texnologning (konstruktorlik xujjatlarini tekshirishda);

t4- metrologning (konstruktorlik xujjatlarini, texnik xujjatlarni tekshirishda);



t5 – jamlash bo`limi xodimining;

t6 – me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning;

t7tasdiqlovchi shaxsning;

t8 – bitta xatoni to`g`irlash uchun xujjatlarga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi xabarnomadan nusxa ko`chirishning;

t9 - bitta xatoni to`g`irlash uchun xujjatlarga o`zgatirrish kiritish to`g`risidagi xabarnomadan yorug`likli nusxa ko`chirishning;

t10 – xujjatlarga bitta xatoni to`g`irlashni kiritishning (xujjatlarni to`g`irlash byurosi xodimining)

vaqt sarfini bildiradi.

Ishlab chiquvchining me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim tomonidan aniqlangan bitta xatoni to`g`irlashga ketadigan vaqt sarfi quyidagicha aniqlanishi mumkin:

ti = FR/Nn



bunda:

F – ishlab chiquvchining tasarrufida bo`ladigan bir oylik ish vaqti zaxirasi;

R –ishlab chiquvchining oy davomida xabarnomalarni rasmiylashtirishga ketadigan vaqt sarfini xisobga olish koeffisienti;

N – bitta ishlab chiquvchi tomonidan rasmiylashtirilgan xabarnomalar soni (bir oylik o`rtacha ko`rsatkich);

n - xujjatlarga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi bitta xabarnomadagi to`g`irlashlarning o`rtacha soni.

Hujjatlarni to`g`irlash byurosi xodimlarining texnik xujjatlarda bitta xatoni to`g`irlashga ketadigan vaqt sarfi quyidagi formula bo`yicha aniqlanishi mumkin:



t10=TH m/n

bunda:


Tn – xujjatga bitta nuqtada o`zgartirish kiritish to`g`risidagi xabarnoma bo`yicha bitta xatoni to`g`irlash uchun ketadigan vaqt sarfi;

m – o`zgartirishlar kiritish talab qilinadigan nuqtalar (ishchi nusxalari guruxi) soni.



t2-t9 vaqt sarflari statistik ma`lumotlar bo`yicha aniqlanadi.

Bitta xatoni to`g`irlashning narxi (5) quyidagi formula bo`yicha aniqlanishi mumkin:



S = C 1t1 +C2 t2+C3t3+C4t4+C5t5+C6t6+C7t7+C8t8+C9t9+C10t10

bunda :


S1- ishlab chiquvchiga;

S2 - tekshiruvchiga;

S3 - texnologga (konstruktorlik xujjatlarini tekshirishda);

S4 - metrologga (konstruktorlik xujjatlari, texnik xujjatlarni tekshirishda);

S5 – jamlash bo`limining xodimiga;

S6 – me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimga;

S7tasdiqlovchi shaxsga

bir soat uchun to`lanadigan ish xaqi;

S8- nusxa ko`chirishning bir soat uchun belgilangan narxi;

S9 – yorug`likli nusxa ko`chirishning bir soat uchun belgilangan narxi;

S10 – xatolarni to`g`irlash byurosi xodimining bir soatlik ish xaqi.

Bitta xabarnomani rasmiylashtirishning narxi quyidagiga teng:

S1=Sn

Me`yoriy nazoratni amalga oshirish xarajatlari quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:

Z=N1 F1 Kd

bunda:

N1 – me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar soni;

F1 - me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi bitta xodimning bir oylik ish xaqi fondi (o`rtacha ko`rsatkich);

Kd - rayon ko`rsatkichi va ijtimoiy sug`urtalashga ajratmalarni xisobga olish koeffisienti.

Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:

EF=N2S-3



bunda:

N2 – me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim tomonidan oy davomida aniqlangan xatolar soni.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling