Materiallari
Texnik hujjatlarning me’yoriy nazorati
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
2.Texnik hujjatlarning me’yoriy nazorati
Me’yoriy-texnik hujjatlarning (GOST, RST, STP) mazmuni nihoyatda turli-tuman bo‘lib, o‘zida matnli, jadvalli va grafik materiallarning jamlanmasini taqdim qiladi. Me’yoriy nazoratning konstruktorlik hujjatlari uchun yuqorida keltirilgan talablari me’yoriy-texnik hujjatlarni tekshirish uchun ham to‘lig‘icha qo‘llanilishi mumkin. SHu bilan birgalikda, me’yoriy-texnik hujjatlar texnik qonunchilik vositalari bo‘lib hisoblanishi sababli, me’yoriy nazorat ularning mazmuni va rasmiylashtirilishiga nisbatan o‘ta qattiq talablarni qo‘yishi lozim bo‘ladi. Texnik hujjatlarning barcha turlariga o‘zgartirishlar standartlarda belgilangan qoidalarga muvofiq tarzda kiritiladi. Hujjatni o‘zgartirish deganda hujjatning belgilanishini (mo‘ljallanishini) o‘zgartirmasdan turib har qanday tuzatishlarni kiritish, biror-bir ma’lumotni chiqarib tashlash yoki qo‘shimcha qilish tushuniladi. Alohida xabarnomalarga ko‘ra kiritiladigan joriy o‘zgartirishlar, seriyali ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan hujjatlar jamlanmasiga tuzatishlar kiritish paytida kiritiladigan maxsus o‘zgartirishlar ehtiyotkorlik bilan obdon tekshirib chiqishni talab qiladi. Me’yoriy nazoratda yo‘llanma beruvchi hujjatlar, shuningdek o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hujjatlarga o‘zgartirishlar kirituvchi hujjatlar tekshiruvdan o‘tkaziladi. SHuningdek me’yoriy-texnik hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar ham tekshirib chiqiladi. YAngidan ishlab chiqilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabarnomalar bilan birgalikda taqdim qilingan hujjatlar me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birgalikda bir paytning o‘zida tekshirilishi lozim. Hujjatlarni o‘zgartirish yoki bekor qilish faqatgina o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi tasdiqlangan xabarnoma asosida amalga oshiriladi. Xabarnomani tekshirishda taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar mahsulot yoki uning qismlarini ilgari tayyorlangan mahsulot yoki uning qismlari bilan ishlab chiqarish jarayonida yoki foydalanish paytida o‘zaro almashtirishga putur etkazmasligiga ishonch hosil qilish lozim, aks holda o‘zgartirishlar amalga oshirilishi mumkin emas va o‘zgartiriladigan hujjat o‘rniga yangi texnik hujjat ishlab chiqilishi lozim.
Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning hujjat (loyiha) bo‘yicha barcha “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxatlari”ning jamlanmasi hujjatning (loyihaning) bajarilish sifatini baholash uchun boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi. Xatolar o‘zining mohiyatiga ko‘ra uchta kategoriyaga bo‘linadi:
ESKD talablarini buzadigan, biroq ishlab chiqarishning to‘xtab qolishini keltirib chiqarmaydigan xatolar (o‘lchamlar, masshtablarga amal qilmaslik). Ishlab chiqarish xabarnomalarini talab qiluvchi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishning (ishlab chiqarish jarayonining) to‘xtab qolishiga olib keluvchi xatolar (chizmalarda ba’zi bir alohida o‘lchamlarning bo‘lmasligi, mustahkamlashning – qotirishning standartlarda mavjud bo‘lmagan tiplashgan o‘lchamlariga yo‘llanmalar berish). YAroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishini chaqiruvchi xatolar (umumtexnik me’yorlarga – egilish va rezbalar radiuslariga, ruxsat beriladigan yo‘l qo‘yilishlarga amal qilmaslik va hokazolar). Hujjat ko‘rsatilgan xatolar va kamchiliklar bartaraf qilingandan keyin ijro qiluvchi bo‘lim boshlig‘ining ruxsati bilan qayta nazoratdan o‘tkazishga taqdim qilinadi. Hujjatlar uchinchi marta qayta nazoratdan o‘tkazishga korxona bosh muhandisining (bosh muhandis o‘rinbosarining) ruxsati bilan taqdim qilinadi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling