Materiallari
–Ma`ruza Texnik hujjatlarning me’yoriy nazorati
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Texnologik hujjatlarning me’yoriy nazorati
5 –Ma`ruza
Texnik hujjatlarning me’yoriy nazorati Reja: Texnologik xujjatlarning meyoriy nazorati. Texnik xujjatlarning meyoriy nazorati. Texnik xujjatlarni meyoriy nazoratdan o‘tqazishning iqtisodiy samaradorligi. 1.Texnologik hujjatlarning me’yoriy nazorati Texnologik hujjat – bu grafik yoki matnli hujjat bo‘lib, u o‘zi alohida tarzda yoki boshqa hujjatlar bilan birgalikda texnologik jarayonni yoki buyumni tayyorlash operatsiyasini belgilaydi. Barcha mashinasozlik korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik hujjatlarning turlari, ularni ishlab chiqish, shakl berish, jamlash va ular bilan muomala qilish qoidalari va holatlari ESTD standartlari bilan belgilab qo‘yilgan. Texnologik hujjatlar belgilanishiga (qo‘llanilishiga) bog‘liq ravishda asosiy va yordamchi hujjatlarga bo‘linadi. Asosiy hujjatlarga quyidagilar kiradi: - bitta yoki majmuaviy texnik-muhandislik, reja-iqtisod va tashkiliy masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan yig‘ma ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar: -mahsulotni tayyorlash yoki ta’mirlashning texnologik jarayonini to‘lig‘icha va bir qiymatli tarzda belgilab beruvchi hujjatlar. YOrdamchi hujjatlarga ishlab chiqishda va texnologik jarayonlar hamda operatsiyalarning faoliyat yuritish jarayonida qabul qilingan hujjatlar, masalan, texnologik jihozlarni loyihalashtirishning buyurtma kartasi kiradi. Asosiy texnologik hujjatlar umumiy belgilanishdagi va maxsus belgilanishdagi hujjatlarga bo‘linadi. Umumiy belgilanishdagi hujjatlarga texnologik jarayonlarga mahsulotni tayyorlash yoki ta’mirlashning texnologik uslublari qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda alohida yoki hujjatlar jamlanmalarida qo‘llaniladigan texnologik hujjatlar, masalan, qoralamalar (eskizlar) kartalari, texnologik yo‘riqnomalar kiradi. Maxsus belgilanishdagi hujjatlarga texnologik jarayonlar va operatsiyalarni ishlab chiqarishning tipi va turi hamda mahsulotni tayyorlash yoki ta’mirlashning texnologik uslublariga bog‘liq ravishda tasvirlab beruvchi hujjatlar, masalan, marshrut kartasi, texnologik jarayon kartasi, operatsion karta kiradi. Hujjatlar standartlarda belgilab berilgan talablarga muvofiq tarzda to‘ldirilgan bo‘lishi zarur Hujjatlardagi yozuvlvr aniq va qisqa hamda siqilgan ma’noga ega bo‘lishi lozim. Masalan, eritish, quyish va issiq holda shtamplash, sovuq holda shtamplash, kavsharlash va qoplash, payvandlash, qirqish bilan ishlov berish, slesarlik va slesarlik-yig‘ish ishlari olperatsiyalarining (o‘tishlarining) mazmunini ifodalash va ularni yozish qoidalari mos keluvchi standartlarda belgilab qo‘yilgan. YOrdamchi operatsiyalar va texnologik operatsiyalar yoki o‘tishlarning mos keluvchi yozuvlari ularni bajarishning kelish tartibida mos keluvchi jadvallarga kiritiladi. Texnologik hujjatlarning me’yoriy nazorati xuddi konstruktarlik hujjatlarining me’yoriy nazorati kabi ishlab chiqiladi. SHuningdek qo‘llaniladigan maxsus jihozlar va asboblarni mazkur korxonada qabul qilingan nomenklaturani hisobga olgan holda standartlashtirilgan va bir xillashtirilgan jihozlar va asboblarga imkon qadar to‘liq almashtirish imkoniyati tekshirib chiqiladi. Har bir texnologik hujjat uni tuzgan va tekshirgan shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling