Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2-rasm. Ferritlar.
- 11.3-rasm. Nisbiy magnit singdiruvchanlikni H ga bog‘liqligi.
0
K da qo‘shni atom magnit momentlari. Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xossasiga ega ma- teriallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo‘ladi (11.2-rasm). Texnika ahamiyatga ega magnit materiallarga ferromag- nit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi. 24 24 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc. 2007. 408bet. 194 a) b) 11.2-rasm. Ferritlar. Materiallarning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki ha- rakatida bo‘lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlarning o‘z o‘qi atro- fida aylanishi (elektron spinlar) hamda ularning atom ichida orbita bo‘ylab aylanishidan hosil bo‘ladi. Ferromagnit hodisasi ba’zi ma- teriallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o‘zaro parallel ravishda bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Jismning ferromagnitlik holatda bo‘lishini ifodalovchi xususiyati tashqi magnit maydoni ta’sirida uning o‘zo‘zidan (spontan) mag- nitlashishidan iboratdir. Ferromagnit magnit momentlarining ba’zi domenlari ichidagi spinlar turli yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin (11.3-rasm). Tashqi muhitda bo‘lgan bunday materiallarning umumiy magnit oqimi nolga teng bo‘ladi. 25 11.3-rasm. Nisbiy magnit singdiruvchanlikni H ga bog‘liqligi. 25 T.K. Basak. Electrical engineering materials.New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009.182-bet 195 Ba’zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinlik bir necha o‘nyuz atom masofasiga teng bo‘lganda) da domenlarning o‘lchami taxminan 0,001–10 mm 3 oralig‘ida bo‘ladi. O‘ta toza materiallarda esa domenlarning o‘lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kat- taroq bo‘ladi. Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o‘qlar yo‘nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi (11.4rasm). a) b) d) Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling