Materialshunoslik indd


Materiallarning tuzilishi


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Materiallarning tuzilishi. Zarrachalarning (atom, ion, molekula) 
issiq harakat energiyalarining nisbatiga va o‘zaro ta’sir energiyasiga 
qarab, normal sharoitda barcha materiallar gaz, suyuq va qattiq holat-
da bo‘ladi. Moddalarning alohida ko‘rinishi yuqori haroratda (5000
0

da) plazma holatida bo‘ladi. Plazma – bu kuchli ionlashgan gaz.
Modda gaz holatda bo‘lishi uchun zarrachalarning issiqlik hara-
kati energiyasi ularni o‘zaro ta’sir (ushlab turish kuchi) energiyasi-
dan yuqori bo‘lishi kerak. Gazlarda bunday zarrachalar molekuladir: 
kamroq bir atomli (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn); ko‘proq ikki, uch va 
ko‘p atomli (N
2
, H
2
, CO
2
, H
2
O, CH
4
, C
2
H
8
va h.k.). Gaz molekulalari 
doimiy хaotik­betartib harakatda bo‘ladi. Tashqi energetik ta’siri 
molekulalarning juda kam qismi ionlashadi (ionlar va elektronlar ho-
sil qilib).
Suyuq holatdagi zarrachalarning issiq harakat energiyasini ularni 
o‘zaro ta’sir energiyasi bilan taqqoslasa bo‘ladi. Dielektriklarda bun-
day zarrachalar molekulalardir, qaysilarki turg‘un emas, komplekslar-
ni hosil qiladilar to‘хtovsiz parchalanadigan va yana hosil bo‘ladigan. 
Agar molekulalar qutbli bo‘lsa, ularning bir qismi musbat va manfiy 
ionlarga dissotsiyalanadi.
Ionlashmagan gazlar va dissotsiyalanmagan suyuqliklar dielek-
triklar hisoblanadi. Kuchli ionlashgan gazlar (plazma), eritmalar va 
elektrolitlarning suvdagi eritmalari bular ikkinchi tur o‘tkazgichlar 
hisoblanadi.
Qattiq holatda moddani tashkil qiluvchi zarrachalarni o‘zaro ta’sir 
energiyasi ularni issiqlik harakati energiyasidan ancha ko‘p bo‘ladi. 
Bular yoki geometrik to‘g‘ri tartibda joylashib kristallik jism hosil 
qiladi; yoki betartib хaotik amorf jism hosil qiladi.


189
Amorf jismlarda zarrachalar (atomlar, ionlar, molekulalar) faqat 
“yaqin tartibda” joylashgan bo‘ladi. Fizik хossalari izometrik xarak­
terli. Amorf holatdagi qattiq jismlarning qurilishi suyuqliklarning 
qurilishiga o‘хshaydi. Kristallik jismlarda zarrachalar yaqin tartibda 
ham, uzoq tartibda ham joylashgan; ya’ni zarrachalar bir­birlari bi-
lan ma’lum geometrik to‘g‘ri tartibda aniq masofada fazoda joyla-
shadi. Kristallda fazoviy kristallik panjara mujassam bo‘ladi; ya’ni 
kristall hosil bo‘ladi. Kristallda fazoviy kristallik panjara tashkil to-
padi. Panjaralarni ko‘p marta takrorlanadigan elementi bu elementar 
(kristallografik) “yacheyka” hisoblanadi. Buning cho‘qqisini tugun 
deyiladi; ikki qo‘shni tugunlar orasidan masofa davr yoki panjara doi­
miyligi deb ataladi.
Monokristallar bu bir хil yo‘naltirilgan jismlar yacheykalarni juda 
katta (ulkan) soni; ya’ni katta yakka kristall. Tabiatda ba’zi mineral-
lar monoko‘pchilik kristallik moddalar polikristallar ko‘p uchraydi. 
Lekin ko‘pchilik kristallik moddalar polikristallar bo‘ladi. Ular ko‘p 
mayda kristallarning o‘sishidan hosil bo‘ladi. 
Teksturalash – bu kristallik zarrachalarni joylashishini qisman tar-
tiblashishi; bunga polikristallik materiallarni maхsus ishlash bilan 
erishiladi; masalan, prokatlash yo‘li bilan.
Ba’zi moddalar amorf – kristall holatda bo‘ladi, ularda ikki faza 
mavjud: amorfli va kristallik. Bunday holat ko‘pchilik polimerlarda, 
sitallarda (maхsus tarkibli shisha) bo‘ladi.
Har хil sinfdagi elektroteхnik materiallarni elektr o‘tkazuvchanligi 
faqat ularning tabiatiga bog‘liq emas; tashqi energetik ta’siri jadal-
liligiga ham bog‘liq. Qo‘shimchalar o‘tkazuvchanlikni ma’lum tipini 
va qiymatini­kattaligini hosil qilish uchun qo‘shiladi. Asboblar 
uchun ishlatiladigan yarimo‘tkazgichlar yuqori darajadagi tozalikka 
ega bo‘lishi lozim. 
Yarimo‘tkazgichlarni elektr o‘tkazuvchanligini harorat, yorug‘lik, 
elektr maydoni, meхanik kuchlanish ta’sir qilib boshqarishlik ma’lum 
asboblarning ta’sir prinsipiga­ishlash prinsipiga asos solgan: ter-
morezistorlar, fotorezistorlar, tenzoresistorlar va h.k.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling