Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Ferritlar. Tarkibida, temirdan tashqari, ikki va undan ko‘p valentli
metall (Ni, Co, Mn, Zn, Cu, Cd, Pb, Mg) oksidlari ham bo‘lgan birik- malar ferritlar deyiladi. Ular qisman elektronli elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ham egadir. Ferritning kristall panjarasi kub shaklida bo‘ladi. Odatda, yaxlit ferrit tayyorlash uchun ferrit kukuniga polivi nil spirti plastifikatori qo‘shiladi va bu massa yuqori bosimda qolipla- nadi. Uning solishtirma qarshiligi sof temirning solishtirma qarshili- giga nisbatan 10 5– 10 6 barobar yuqoridir. Shu sababli, ferritda quyun toki hisobiga sodir bo‘ladigan isroflar keskin kamayadi va materialni yuqori chastotalarda ham ishlatsa bo‘ladi. Ferritning magnit singdiruv chanligi sof temirnikiga nisbatan 10 2– 10 3 barobar yuqori bo‘lganligi uchun undan tayyorlanadigan o‘zaklar hajmini keskin kichraytirish mumkin. Ferritdagi (m r j m ) qiymatlar ferromagnit (yoki oddiy metall) dagiga nisbatan juda kichik bo‘lgani uchun, u past chastotali asbob larda ham qo‘llaniladi. Ferrit tarkibi oddiygina qilib quyidagicha ifodalanadi: MFe 2 O 4 , yoki MoFe 2 O 3 , bunda, M – ikki valentli biror metall. Ferritlar tarkibidagi qo‘shimchalarga mis, rux, nikelrux, mar- ganes-rux misol bo‘ladi. Ular elektr texnikada keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Ferritlarda Kyuri nuqtasidagi harorat ancha past, ya’ni 100–150°C atrofida bo‘ladi. Uning solishtirma og‘irligi 3700– 4800 kg/m 3 atrofida bo‘lib, asosiy xossalari 11.4jadvalda keltirilgan. 11.4-jadval Navi m rb m max H r ,A/m B r ,Tl I n , MGs T k ,°C r,Om×m 20000HM 6000HM 1000HM 15000 4800 – 8000 800 – 1200 35000 10000 1800 0,24 8 28 0,11 0,11 0,11 0,1 0,5 5 110 130 200 0,001 0,1 0,2 206 11.4-jadvalning davomi 1000HM 600HM 800 – 1200 500 – 800 3000 1500 24 40 0,10 0,12 3 5 110 110 10 100 2000HM1 700HM1 1700 – 2500 550 – 850 3500 1800 25 25 0,12 0,05 1,5 8 200 200 50 140 100ВЧ 20ВЧ2 80 – 120 16 – 24 210 45 300 1000 0,15 0,1 80 300 400 450 10 5 10 6 300NN 9ВЧ 200ВЧ 50ВЧ3 280 – 350 9 – 13 180 – 220 45 – 65 600 30 360 200 80 500 70 100 0,13 0,06 0,11 0,14 20 600 – – 120 500 360 480 10 6 10 7 10 3 10 4 Ferritning gisterezis halqasi to‘g‘ri burchakka yaqin bo‘lishi uni maxsus apparatlarda qo‘llash imkonini yaratadi. Ferrit, asosan, aloqa, radiotexnika, hisoblash texnikasi, avtomatika asbob-uskunalarida keng miqyosda qo‘llaniladi. Gisterezis halqasi to‘g‘ri burchakli ferritlar hisoblash texnikasi ning xotira qurilmalari uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiladi. Bunday materiallarning xossalarini izohlash uchun qo‘shimcha max- sus parametrlar kiritiladi. Bunday parametrlardan biri gisterezis halqasining to‘g‘ri burchak- li koeffitsiyentidir: K n =B r /B max bunda k n qiymati iloji boricha birga yaqin bo‘lishi kerak. O‘zaklar tezda qayta magnitlanishi uchun ularning qayta ulanish koeffitsiyenti S q kichik qiymatga ega bo‘lishi kerak. Ferrit o‘zaklarining xossalari 11.5-jadvalda keltirilgan. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling