Materialshunoslik indd


Magnitli materiallarning asosiy ko‘rinishlari


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

11.4 Magnitli materiallarning asosiy ko‘rinishlari
Magnetizm hodisasining mazmuni shundan iboratki, ba’zi mod-
dalar boshqa moddalarni tortish, itarish yoki ta’sir o‘tkazish kuchiga 
ega. Bu hodisa ming yillardan beri ma’lum. Biroq, bu magnetizm 
hodisasining negizini tashkil etuvchi uslublar va mexanizmlar feno-
menini tushuntiruvchi omillari nozik masala bo‘lib, yaqin kunlarga-
cha olimlar bu hodisa haqida to‘liq tushunchaga ega emasdilar.
Ko‘pgina zamonaviy texnik qurilmalar magnetizm hodisasi va 
magnit materiallarni qo‘llash asosida barpo etilgan. Bular: kuchla­
nish elektrogeneratorlari va transformatorlar, elektrodvigatellar, radio 
va televideniya, telefonlar, kompyuterlar, tovush va video texnika 
sistemalari. 
Magnit xossalari quyidagi yaxshi ma’lum bo‘lgan moddalarda aks 
etadi, bu temir, ba’zi po‘latlar, tabiiy temir zaxiralari. Magnit may-
doni barcha moddalarga ko‘p yoki kam miqdorda bo‘lsa ham ta’sir 
o‘tkazishi, hammaga ham yaxshi ma’lum emas.
Mazkur bobda magnit maydonlar hosil bo‘lishining qisqacha tas-
nifi beriladi, magnit maydonlar bilan bog‘liq turli vektor kattaliklari 
muhokama qilinadi, magnit xossalarini ifodalovchi parametrlar va 
dia­, para­, ferro,­ferrimagnetizm kabi hodisalar ko‘riladi. Undan 
tashqari magnit materiallardan misollar keltirilib, o‘ta o‘tkazuvchan­
lik hodisasi yoritiladi.
Magnit dipoli. Magnit kuchlari elektr quvvatlangan zarrachalar 
harakati natijasida paydo bo‘ladi. Bu kuchlar birlamchi bo‘lmish 
elektrostatik kuchlarga nisbatan ikkilamchidir. Magnit kuchlarni 
maydonlar nuqtayi nazari tomonidan izohlash qulay. Bunda bu 
kuchlarni omil oldidagi harakat yo‘nalishlari ko‘rsatuvchi kuchlanish 
chiziqlari xayolan nazarda tutiladi. Magnit maydon strukturasi kuch-
lanish chiziqlari bilan aks ettiriladi. 11.7­rasmda elektr toki aylanasi 
va magnitlangan naycha atrofidagi kuchlanish chiziqlari ko‘rsatilgan.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling