Aralashmali yarimo‘tkazgichlar. Deyarli barcha sanoatda ish-
lab chiqariladigan yarimo‘tkazgichlar aralashmali turga kiradi. Bu
shuni anglatadiki, ularning elektr xossalari minimal miqdorda mav-
jud bo‘lgan va ortiqcha elektronlar yoki teshiklarni hosil qiladigan
begona elementlar bilan belgilanadi. Masalan, 10
12
ta kremniy atom-
larida bitta tartibdagi aralashmali atomlarning konsentratsiyasi krem-
niy xona haroratida aralashmali yarimo‘tkazgichga aylanishi uchun
yetarli bo‘ladi.
n-
turidagi aralashmali yarimo‘tkazgichlar. Aralashmali turda-
gi yarimo‘tkazgichlar qanday ishlashini tasavvur qilish uchun yana
yarimo‘tkazgichli kremniyga e’tibor qaratamiz. Har bir kremniy
atomi kremniyning bitta qo‘shni atomi bilan bog‘langan to‘rtta elek-
tronga ega bo‘ladi. Endi kremniy tuzilmasida valentligi 5 ga teng
bo‘lgan aralashmali atom qo‘shilgan deb faraz qilamiz. Bu V “A”
guruhidagi elementlar atomi bo‘lishi mumkin, masalan, fosfor, mar-
gimush yoki surma. Faqat beshtadan to‘rtta valentli elektron aloqalar-
ni yaratishda ishtirok etishi mumkin, chunki qo‘shni atomlarda faqat
to‘rttadan elektron bo‘ladi. Ortiqcha beshinchi elektron (10.12 (a)
rasm)da ko‘rsatilganday aralashmali atom atrofidagi zaif bog‘lanish
bilan elektrostatik tortishish kuchlari bilan aloqa qiladi. Shuning
uchun u aralashmali atomdan osongina ajraladi va erkin bo‘lib qoladi
, ya’ni o‘tkazuvchanlik elektroniga aylanadi (10.12rasm, b va d).
184
10.12 rasm. Kremniy misolida o‘ziga tegishli yarim
o‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlik uchun tashqi elektr maydoni-
ning qo‘yilishi natijasidagi atomlararo o‘zaro aloqalar modeli: a
– qo‘zg‘atishgacha, b va d –qo‘zg‘atishdan keyin (mos ravishda
Do'stlaringiz bilan baham: |