Materialshunoslik indd
-rаsm.Tеmir аsоsli turli qоtishmаlаrning klаssifi kаtsiyasi
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
4.1-rаsm.Tеmir аsоsli turli qоtishmаlаrning klаssifi kаtsiyasi.
57 Temir (Fe) – D.I.Mendeleyevning davriy sistemasidagi 8-guruh ele- menti bo‘lib, Fe, Co, Ni uchlikda joylashgan. Uning Yer qobig‘idagi miqdori taxminan 4,5%. Bu, tabiatda ko‘p uchrashi bilan to‘rtinchi element hisoblanadi. Temir 1539±5 0 С da eriydi, zichligi 7680 kg/ m 3 , cho‘zishdagi mustahkamlik chegarasi 200...250 MPa, nisbiy cho‘zilishi 50...60%, qattiqligi 70...80 HB. Bu ma’lumotlar texnik ji- hatdan toza, tarkibidagi begona jinslar miqdori 0,1% atrofida bo‘lgan temirga tegishli. Tozalik darajasi orttirilsa, mustahkamligi va qattiq- ligi kamayadi. “Temir – uglerod” sistemasida quyidagi fazalar mavjud: suyuq qotishma, qattiq qotishmalar (ferrit va austenit), kimyoviy birikma (sementit) va grafit ko‘rinishidagi erkin uglerod. Bulardan tashqari, bu sistemaning strukturaviy tashkil etuvchilariga perlit va ledeburiy deb atalgan mexanik aralashmalar ham kiradi. Ferrit – uglerodning α–temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, HMK pan- jaraga ega, shuning uchun uglerodning eruvchanligi juda kam. Past haroratli α–ferritda 0,02% gacha, yuqori haroratli α–ferritda (yoki δ– ferritda) 0,1% gacha uglerod bor. Texnik temir ferrit strukturaga ega, u xurushlanganda shliflarda bir jinsli donlar ko‘rinishida namo yon bo‘ladi. Ferritning plastikligi yuqori (δ=40...50%) va yumshoq (80...120 HB), sovuq holatda bosim bilan yaxshi ishlanadi, diagram- mada Φ yoki α bilan ifodalanadi. Austenit – 2,14% gacha miqdordagi uglerodning γ–temirdagi qat- tiq eritmasi; mikrostrukturasi – bir jinsli donlar. T>911 0 C da mavjud; plastikligi yuqori, lekin ferritga qaraganda qattiqroq (160...200 HB); ugleroddan boshqa elementlarni ham eritadi; holat diagrammasida A yoki γ bilan ifodalanadi. Sementit – kimyoviy birikma, formulasi – Fe 3 C; uglerod miqdori 6,67%; temiruglerod qotishmalarining eng qattiq (800 HB) va mo‘rt tashkil etuvchisi; erish harorati 1250 0 C; T=210 0 C gacha magnit xu- susiyatiga ega; yuqori haroratlarda grafit va austenitga parchalanadi; o‘rin almashadigan qattiq eritmalar hosil qiladi, ularda uglerod o‘rnini nometallar (kislorod, azot) egallaydi, temir o‘rnini boshqa metallar (marganets, xrom, volfram va b.) egallashi mumkin. Sementit aso- sidagi materiallar sof holda ishlatilmaydi. Temir-uglerod qotishmasi- 58 da sementit miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, qotishma qattiqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Holat diagrammasida C harfi bilan belgilanadi. Uglerod temir bilan hosil qilgan qotishmada kimyoviy birikma (sementit), qattiq eritma (ferrit, austenit) yoki allatropik modifikatsi- ya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Perlit – ferrit va sementitning mexanik aralashmasi, uglerod miqdori 0,83%; austenit qayta kristallanganda (parchalanganda), T=723 0 C da hosil bo‘ladi. Bu parchalanish evtektoidli, deb ataladi, uning mahsuli esa, perlit – evtektoid deyiladi. Perlit mustahkamligi (σ b =800 MPa) va qattiqligi (200 HB) yuqori, qotishmaning mexanik xususiyatlarini oshiradi; strukturasi – almashinib joylashgan ferrit va sementit plastinkalaridan iborat; holat diagrammasida П harfi bilan ifodalanadi. Ledeburit – austenit va sementitning mexanik aralashmasi, tarki- bida 4,3% uglerod bo‘lgan qotishma T=1147 0 C ga yetganda kristal- lanishida hosil bo‘ladi. Harorat 727 0 C dan past bo‘lganda ledeburit tarkibidagi austenit perlitga aylanadi, va ledeburit sovigandan ke- yin evtektikaga – perlit va sementitning aralashmasiga aylanadi. Ledeburit qattiq (700 HB) uyali va plastinkasimon tuzilishga ega, hamma oq cho‘yanlar tarkibida bo‘ladi. Holat diagrammasida Л harfi bilan belgilanadi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling