Materialshunoslik indd


Mis va uning qotishmalari


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

8.2. Mis va uning qotishmalari
Mis – pushti­qizil rangli metall bo‘lib, zichligi 8,95 g/sm
3
, erish 
harorati – 1083
0
C. Mis olinadigan muhim tabiiy manba – oltin-
gugurtli rudalar: mis kolchedan (xalkopirit), bo‘rnit, xalkozin va 
oksidlangan mis rudalaridir. Misning xususiyatlari ko‘p jihatdan 
undagi begona jinslar miqdoriga va ularning misda eruvchanligiga 
bog‘liq. Bunday jinslar mis va uning qotishmalariga turlicha ta’sir 
qiladi: mustahkamligini yo oshiradi, yo pasaytiradi, qirqib shakl­


109
lanishini yaxshilaydi, issiq va elektr o‘tkazuvchanligini, korroziya-
ga bardoshliligini kamaytiradi.
Misning mashinasozlik materiali sifatidagi asosiy afzalligi is-
siq va elektr o‘tkazuvchanlik, plastiklik, korroziyabardoshlik 
ko‘rsatkichlarining balandligidir. Misga xos bo‘lgan kamchiliklar: 
quyilish xususiyatining yomonligi, qirqib ishlash noqulayligi, nis-
batan kam mustahkamlik bo‘lib, ularni yo‘qotish uchun mis turli ele­
mentlar bilan legirlanadi.
Misning rux, qalay, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlar bilan qo-
tishmalari – jez (latun)lar va bronzalar ham mashinasozlikda ko‘p 
qo‘llanadi. Bronzaning maxsus turlari – melxior, neyzilber, kuppal, 
kopellar ma’lum. Jezlar va bronzalar mashinasozlikda korroziyabar-
dosh va antifriksion detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Begona jinslar misning fizik­mexanik tavsiflariga jiddiy ta’sir 
o‘tkazadi. Shunga qarab, begona jinslarni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: qizigan va sovuq holida bosim bilan ishlov ber-
ganda mustahkamligini pasaytiradigan (O
2
, Pb, S, Se, Fe, Sb, Bi); 
qirqib ishlanuvchanligini yaxshilaydigan (Se, Pb, Te, Si); issiq va 
elektr o‘tkazuvchanligini pasaytiradigan (Pb, As, Sb, Fe, Al, P); kor-
roziyabardoshlilikni pasaytiradigan (O
2
, Fe); korroziyabardoshlilikni 
oshiradigan (Be, Al); mustahkamligini oshiradigan (Fe, P).
Misning xususiyatlari ko‘p jihatdan begona jinslarning mis matrit-
sasida eruvchanligi bilan aniqlanadi. Shunga qarab, misda eriydigan 
(Ni, Zn, Sb, Al, H
2
, As, Sn, S) va amalda erimaydigan yoki chekli 
eriydigan (O
2
, Fe, Bi, Pb, Se, Te, P) qo‘shilmalar (begona jinslar) 
bo‘ladi.
MDH mamlakatlari sanoatida misning quyidagi markalari ishlab 
chiqariladi: katodli – MB4к, MOOк, MOkю, MOк, M1к; kislorodsiz 
– MOOб, MOб, M1б; katodli, qayta eritilgan – M1б; nordonlashtiril-
gan – M1p, M2p, MЗp, M3.
Begona jinslarning miqdoriga qarab, misning markalari quyidagi-
cha belgilanadi: MOO (99,99% Cu), MO (99,95% Cu), M1 (99,9% 
Cu), M2 (99,7% Cu), M3 (99,50%).
Misning, mashinasozlik materiali sifatidagi asosiy afzalliklari 
– katta qiymatli issiq va elektr o‘tkazuvchanligi, plastikligi, korro-


110
ziyabardoshliligi va ular bilan birga kelgan yuqori mexanik xususi-
yatlaridir. Misning kamchiliklari quyilish xususiyati va qirqib ish-
lanuvchanligining yomonligidir.
Mis elektr va issiq o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun etalon qilib 
olingan, uning bu ko‘rsatkichlari 100% deb qabul qilinadi, boshqa 
materiallarning ko‘rsatkichlari misga nisbatan o‘lchanadi. Alumi­
niy va temirning shu ko‘rsatkichlari, tegishli tarzda 60% va 17%.
Quyilgan holatdagi misning tavsiflari: σ
b
=160 MPa; σ
b
=35 MPa; 
δ=25%. Qizigan holda deformatsiyalangan misda bu ko‘rsatkichlar: 
250 MPa; 95 MPa; 50%. Misning mexanik, texnologik, antifriksion 
va boshqa xususiyatlari qiymatlari qanday zarurligiga qarab, unga le-
girlovchi elementlar qo‘shiladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling