Materialshunoslik indd


Aluminiy qotishmalarini klassifikatsiyasi


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Aluminiy qotishmalarini klassifikatsiyasi. Alumin qotishmalari-
ning asosiy legirlovchi elementlari: Cu, Mg, Si, Mn, Zn va kamroq 
miqdorda: Ni, Li, Ti, Beriliy, Sirkoniy bo‘ladi. Bularning ko‘pchiligi 
chegaralangan qattiq eritma hosil qiladi. Alumin qotishmalari quyi­
dagi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:
a) ishlab chiqarish texnologiyasi;
b) termik ishlashga moyilligi;
d) xossalariga qarab.
Barcha alumin qotishmalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Deformatsiyalanadigan qotishmalar (termik ishlash natijasida 
puxta lanadigan va puxtalanmaydigan).
2. Quyma qotishmalar.
3. Kukun metallurgiyasi asosida olinadigan qotishmalar: CАП. 
Deformatsiyalanadigan va quyma alumin qotishmalari orasidagi 
chegara – bu aluminiy qattiq eritmasini evtektika haroratida to‘yi nish 
chegarasidir (8.1­rasm). A – deformatsiyalanadigan qotishma. Bu 
ham ikki bo‘lakdan iborat:
I – 
puxtalanmaydigan termik ishlanganda;
II – 
puxtalanadigan termik ishlanganda.
Puxtalanadigan va puxtalanmaydigan qotishmalar chegarasi – bu 
aluminiy qattiq eritmasini uy haroratida to‘yinish chegarasidir.
8.1-rasm. Аluminiy qattiq eritmasini evtektika haroratida 
to‘yinish grafigi:A -deformatsiyalanadigan qotishma; В - quyma 
qotishma I - puxtalanmaydigan termik ishlash bilan II - puxtala-
nadigan termik ishlash bilan.
Suyuq
C
Al ­ legirlovchi element 
++
faza 
ikkilamchi
A
B


106
Aluminiy – oq kumush rangli metall, kristall panjarasi – yoqlari 
markazlashgan kub. O‘ziga xos xususiyatlari: katta bo‘lmagan 
zichlik (2700 kg/m
3
), yuqori elektr o‘tkazuvchanlik (σ=3,4·10
7
Sm/m) va plastiklik, yaxshi payvandlanadi, bosim ostida yaxshi 
ishlanadi, lekin yaxshi qirqib ishlanmaydi, quygandan keyin katta 
miqdorda cho‘kish hosil qiladi. Havoda yengil oksidlanib, zich 
oksid plyonka – A1203 hosil qiladi, bu plyonka korroziyabardosh-
likni ta’minlaydi. Mexanik xususiyatlari nisbatan past bo‘lib, ma-
terialning sofligiga bog‘liq.
Doimiy uchraydigan begona jinslarning miqdoriga qarab, juda 
sof aluminiy – A999 (qo‘shilmalari 0,001%), sofligi yuqori alumi-
niy – A995 A99, A97, A95 (0,005...0,500% qo‘shilmalar) va texnik 
toza aluminiy – A85, A8, A7, A5, A0 (0,15...1,00% qo‘shilmalar) 
turlari bo‘ladi. Qo‘shilmalar (begona jinslar) aluminiyning elektr va 
texnologik xususiyatlariga, korroziyabardoshligiga jiddiy ta’sir qiladi 
(8.1­rasm). Aluminiy tarkibida uchrab turadigan asosiy qo‘shilmalar 
temir va kremniydir. Temir aluminiyning mustahkamligini birmun-
cha oshirsa, elektr o‘tkazuvchanligi va plastikligini pasaytiradi. 
Kremniy boshqa qo‘shilmalar: mis, magniy, rux, marganets, xrom, 
nikel singari, aluminiyni mustahkamlovchi asosiy qo‘shilmalardan 
biri hisoblanadi.
Aluminning mustahkamligi nisbatan kichik bo‘lgani uchun yuk 
tushmaydigan detallarni va konstruksiyalar elementlarini tayyorlash 
uchun ishlatiladi, issiq o‘tkazuvchanlik, korroziyabardoshlilik, yen-
gillik kabi asosiy ekspluatatsiya xususiyatlari bilan o‘zini ko‘rsatadi. 
AД va AД­1 texnik alumin listlar, chiviqlar, profillar ko‘rinishidagi 
yarimmahsulot sifatida ishlab chiqiladi. Yuqori darajada toza alu-
mindan zarqog‘oz, tok o‘tkazuvchi va kabel buyumlari ishlab chiqa-
riladi. Juda yuqori toza alumin olish uchun zonali eritish yoki zonali 
qayta kristallanish usuli qo‘llanadi. Bu usul qattiq va suyuq fazalarda-
gi qo‘shilmalarning turli eruvchanligiga asoslanadi. Zonali eritish 
usuli tozalanadigan metalldan tayyorlangan uzun sterjenda tor erigan 
zona hosil qilib, uni sterjen uzunligi bo‘ylab surib borishga asoslan-
gan. Bu usul bilan begona jinslar miqdori 0,0001% gacha bo‘lgan 
toza alumin olish mumkin.


107

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling