Materialshunoslik indd


-rasm. Begona jinslar (a) va qo‘shilmalar (b)ning elektr


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

8.3-rasm. Begona jinslar (a) va qo‘shilmalar (b)ning elektr 
o‘tkazuvchanlikka (mis) ta’siri.
Hozirgi vaqtlarda misning rux, qalay, aluminiy, kremniy, berilliy
marganets, nikel bilan qotishmalari ko‘p qo‘llanadi. Mis qotishma-
larida qo‘shilma sifatida ishlatiladigan elementlar qotishma marka-
sida indekslar yordamida ifodalanadi: Al­A; Ba­Бр; W­Вaм, Внм, 
Вэл; Bi­Bи; V­B; Cd­Гм; Ga­Гл; Ge­Г; Fe­Ж; Au­Зл; Co­K(Ko); Si­
Kp(K); Mg­Mг; Mn­Ms; Cu­M; As­Mш; Ni­H; Sn­O; Pb­C; Se­Cт; 
Ag­Cр; Sb­Cу; Ti­Tи; P­Ф; Zn­С.
Cm/m
Cm/m
b


111
Mis qotishmalari, kimyoviy tarkibiga ko‘ra, jez(latun)lar, bron-
zalar, mis­nikel qotishmalariga: texnologik vazifalariga ko‘ra – de-
formatsiyalanadigan va quyiladigan; termik ishlovdan keyin mustah­
kamligining o‘zgarishiga qarab – mustahkamlanadigan va mustah-
kamlanmaydigan turlarga ajratiladi.
Asosiy legirlovchi elementi rux bo‘lgan mis qotishmalari jez(latun)
lar deyiladi. Legirlovchi elementlarning miqdoriga qarab, ikki ele­
mentli (oddiy) va ko‘p komponentli (legirlangan ) jezlar bo‘ladi. 
Birinchisi Л harfi va raqamlar bilan markalanadi. Bu raqamlar qotish-
madagi mis miqdorining o‘rtacha qiymatini ko‘rsatadi. Masalan, Л90 
markali latunda mis miqdori 90%, qolgani – rux.
Ko‘p komponentli jezlarning markasidagi harflar va raqamlar 
legirlovchi elementlar va ularning miqdorini (foizlarda) bildiradi. 
Masalan, alumin­nikel­kremniy­marganetsli latun (jez): ЛАНКМс 
75–2­2,5–0,5–0,5da 75% mis, 2% aluminiy, 2,5% nikel, 0,5% krem-
niy, 0,5% marganets bor, qolgani ruxdan iborat.
Bronzalar – asosiy komponentlari qalay, alumin, berilliy, krem-
niy, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlardan iborat mis qotishmalaridir. 
Rux legirlovchi element (qo‘shilma) sifatida ishtirok etishi mumkin. 
Bronzalar “Бр” harflari va raqamlar bilan markalanadi, jezlar marka-
sidagi kabi ma’noga ega. Masalan, БрОФ 6,5–0,15­markasida 6,5% 
qalay, 0,15% fosfor bor, qolgani – mis.
Misning nikel va boshqa legirlovchi elementlar bilan qotishmasi 
– maxsus turdagi bronza bo‘lib, ular melxior, neyzilber, kunial, kopel 
va b. nomlar bilan ataladi. Ularni markalash prinsipi jezlar va oddiy 
bronzalarniki kabi. Masalan, “MНЖMs 30–1­1” markali melxiorda 
29...33% nikel va kobalt , 0,5...1,0% marganets, 0,5...1,0% temir bor, 
qolgani – mis. “МНSС 16–29–1,8” markali neyzilberda 15...16,7% 
nikel va kobalt, 1,6...2% qo‘rg‘oshin, 51...55% mis bor, qolgani rux.
Suyuqlanish harorati – 1083
o
C, zichligi – solishtirma og‘irligi 
g = 8,93 kg/sm
3
ga teng. Kristall panjarasi yoqlari markazlashgan 
kub. Mustahkamligi σ
v
= 240 MPa (24 kg/mm
2
), nisbiy uzayishi 
δ = 50%, qattiqligi HV = 35.
Yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, plastiklik, korroziyabar-
doshlik qobiliyatlariga ega.


112
Kamchiliklari – past quymakorlik xususiyatlari, kesib yomon ish-
lanishi, nisbatan puxtamasliliklarni har xil elementlar bilan legirlash 
orqali yo‘qotish mumkin.
Misning fizik­mexanik xossalariga qo‘shimchalar yetarli ta’sir 
qiladi. Shu nuqtayi nazardan qo‘shimchalar quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi:
1. Bosim bilan ishlashda (sovuq va issiq holda) puxtalikni pasay­
tiruvchilar elementlar: O
2
, Pb, S, Se, Fe, Sb, Bi.
2. Qirqib ishlashni osonlashtiruvchilar: Se, Pe, Te, Si.
3. Issiq va elektr o‘tkazuvchanlikni pasaytiruvchi elementlar: 
Pb, As, Sb, Fe, Al, P.
4. Korroziyabardoshlikni kamaytiruvchilar: O
2
, Fe.
5. Korroziyabardoshlikni oshiruvchi elementlar: Be, Al.
6. Mis puxtaligini oshiruvchi elementlar: Fe, P.
Quyidagi markali mis chiqariladi: katodli – MV4
k
; MOO
k
; MO
ku

MO
k
; M1
k
; kislorodsiz – MOO
b
; MO
b
; M1
b
; katodli qayta eritilgan – 
M1
u
; qaytarilgan­ M1
r
; M2
r
; M3
r
; M3.
Qo‘shimchalarning miqdoriga qarab: MOO (99,99% Cu), MO 
(99,95% Cu), M1 (99,9% Cu); M2 (99,7% Cu); M3 (99,5% Cu).
Mis qotishmalari kimyoviy tarkibiga qarab: 

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling