Materialshunoslik indd
Titan va uning qotishmalari
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
8.3. Titan va uning qotishmalari
Sanoat va texnikaning rivojlanishi jarayonida erish harorati yuqori bo‘lgan materiallarga bo‘lgan talabni oshirdi, qiyin eriy- digan metallarning erish temperaturasi 1539 o C (toza temir erish) dan yuqori bo‘ladi va bularga quyidagilar kiradi: titan, sirkoniy, gaf- niy, vanadiy, niobiy, tantal, xrom, molibden, reniy, osmiy, radiy. Platina guruhidagi metallar ham qiyin eriydigan metallarga kiradi, lekin ularni qabul qilingan qoidaga qarab nodir metallar guruhiga qo‘shiladi. Gafniy, radiy, osmiy, reniylar kam uchraydigan elementlarga ki- radi. Amalda ko‘p ishlatiladigani – volfram, molibden, tantal, titan, sirkoniy hisoblanadi. Erish haroratlari: W=3400 o C; Re=3180 o C; Ta=2996 o C; Mo=2625 o C; Nb=2500 o C; Hb=2222 o C; Cr=1910 o C; V= 1900 o C; Zr=2860 o C; Ti=1725 o C. Qiyin eriydigan metallarning mexanik, elektrik, fizik xossalari ning birbiriga mosligi (“optimal”) ularni ko‘p sohalarda ishlatilishi- ga sababdir. Qiyin eriydigan metallarning mexanik xossalari ularning qo‘shimchalardan (N 2 ; O2; S) tozaligiga, termik va mexanik ishlovi ga bog‘liq.N 2 ; C; O 2 ; H 2 lar volfram, tantal, molibden, niobiylarni mo‘rtlashtiradi. Dastlab plastik deformatsiyalab, so‘ng bo‘shatilsa mustahkamlik ortadi. 115 Qiyin eriydigan metallar (QEM)ning eng kerakli ekspluatatsion xossalariga ularning ishlash harorati, termoemissiya tokining zichligi, nisbiy elektroqarshiligi kiradi. Shuning uchun ular radio va elektron apparaturalarida ko‘p ishlatiladi. WMo; WCu; WAg larning elektroerroziya yeyilishiga qarshiligi katta, shuning uchun ular yuqori yuklangan kontaktlarda ishlatiladi. W ning erish harorati ancha yuqori – 3410 o C. U qattiq qotishma- larni ishlab chiqarishda va po‘latlarni legirlashda ishlatiladi. Nb – atom texnikasida, elektrotexnikada, radioelektronikada, as- bobsozlik va o‘tga chidamli po‘latlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ta – tashqi muhit ta’siriga chidamliligi nodir metallardan qolish- maydi. Shuning uchun u korroziyaga va yeyilishga chidamli qotish- malar olishda ishlatiladi. Re – mexanik xossalari yuqori, elastik deformatsiyasi yuqori, kor- roziya bardosh. Reniyning molibden va nikel bilan qotishmasi yuqori haroratda ham yuqori puxtalikka ega. Zr – QEMlar ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Sababi, tabiatda yetarli tarqalganligi, korroziyabardoshligi, texnologikligi.Uni tozalab “nak- lep” – qilinsa, uning mexanik xossalari ortadi. KEM asosan kukun metallurgiyasi usuli bilan qayta ishlanadi. Ti – 1725 o C da eriydi, 3000 o C da qaynaydi. Solishtirma og‘irligi g=4,54kg/sm 3 . Ikki xil allotropik shaklga ega: 882 o C dan yuqorida btitan, pastda atitan holida. atitanning kristallik panjarasi geksago- nal, atomlari zich joylashgan. btitanning kristallik panjarasi hajmi markazlashgan kub. Titan 1791yilda kashf etilgan bo‘lib, yer po‘stlog‘idagi zaxiri bo‘yicha 4o‘rinda (Al, Fe, Mg dan keyin) turadi. Titan yaxshi kesiladi, bolg‘alanadi va prokatlanadi. Titanni pro- katlab, tunika, lenta va hatto zarli (“folga”) titan qog‘ozi hosil qilish mumkin. Titanning korroziyabardoshligi zanglamas po‘latlardan ham yuqori. Titan atmosferada, chuchuk suvda, dengiz suvida, organik kislotalarda, ba’zi anorganik kislotalarda, o‘yuvchi ishqorlarda korroziyalanmaydi. Titan havoda 400–600 o C qizdirilganda uning sirti yupqa oksid ply- onkasi bilan (parda bilan) qoplanadi, bu parda o‘zi ostidagi qismini 116 korroziyalanishdan saqlaydi. Yana qizdirilsa, kislorod eriy boshlaydi. Natijada titanning plastikligi pasayib ketadi. Titan xlorid, sulfat va ftorid kislotalar ta’siridagina korroziyalanadi. Titan yuqoridagi xossalariga asosan hozirgi kunda energetika so- hasida kondensatorlar, turbinalar, issiqlik almashinish apparatlarida keng qo‘llanib kelmoqda. Titan aluminiydan ozroq og‘ir (zichlik – Al uchun g=2,7 g/sm 3 ; Ti uchun g=4,51g/sm 3 ; Fe uchun g=7,68 g/sm 3 ). Lekin puxtaligi alu- miniy puxtaligiga qaraganda 3 barobar ortiq. Titanning kamchiliklari ham bor: elastiklik moduli po‘latnikidan ikki barobar kichik. Bu bikir va ustuvor konstruksiyalar yaratishni qiyinlashtiradi. Yuqori haroratdagina emas, balki normal haroratda ham yeyiluvchanlik xossasini namoyon qiladi. Quyidagi 8.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, titan tarkibidagi qo‘shimchalar miqdorining ortib borishi bilan, uning qattiqligi, mus- tahkamligi ortib plastikligi kamayib boradi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling