Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Quyma qotishmalar. Bularga Al­Si; Al­Cu; Al­Mg tizimlari kiradi. 
Siluminlar (Al-Si) eng yaxshi quymakorlik xossalariga ega qo-
tishma bo‘lib, yaxshi kesib ishlanadi va payvandlanadi. Kompressor 
korpuslari, bloklar, silindr porshenlarini olishda ishlatiladi. AЛ2 (10–
13%Si), AЛ (8–10%Si) markalanadi.
Magnalinlar (Al-Mg) o‘zida evtektika fazasi yo‘qligidan quyma-
korlik xossalari yetarli darajada yuqori emas, har xil qo‘shimcha ele-
mentlarga sezgir. Markalashi: AЛ8, AЛ2. Bular yuqori korroziyabar-
dosh, puxta, yaxshi kesib ishlanadi, legirlanganda, mexanik xossalari 
yaxshilanadi.
Podshipnik uchun ishlatiladigan aluminiy qotishmalari. 
O‘zlarining ishqalanib yeyilishga qarshiligi bilan qo‘rgoshinli bron-
zadan qolishmaydi. Ammo korroziya bardoshligi va texnologikligi 
bilan undan yuqori. Markasi ACM. Qotishma ACC – 6–5 tarkibida 
5% qo‘rg‘oshin bor. ACM va ACC – 6–5 podshipnik materiallaridan 
sirpanish podshipniklari yasaladi (dizel yuritgichlari uchun).
Kukun metallurgiyasi asosida olingan aluminiy qotishmalari. 
Mustahkamligi, xossalarining yuqori temperaturaga barqarorli hamda 
korroziyabardoshligi jihatdan quyma aluminiy qotishmalaridan ustun 
turadi. Ular 2 xil bo‘ladi:
1. CАП – qizdirib presslangan aluminiy kukuni («спечённый 
алюминиевый порошок»).
2. САСП – qizdirib presslangan aluminiy qotishmasi 
(«спечённый алюминиевый сплав»).
САП – bu aluminiy va aluminiy oksidi aralashmasidan iborat 
(Al
2
O
3
) ning kukunlarining aralashmasidir. Kukun toza texnikaviy 
aluminiyni azotli muhitga purkash yo‘li bilan olinadi. So‘ngra max-
sus sharikli tegirmonlarda maydalanadi. Dispergatsiya (maydalash) 
jarayonida zarrachalarning ustki qismi 0,01–0,1 mkm qalindlikda 
alumin oksidi bilan qoplanadi. Tayyor kukun tarkibida 6–22% Al
2
O
3
bo‘ladi. Markalanishi: CАП–1, CАП­2, CАП­3, CАП–4. Kukun 
sovuq holda qolipda siqilib, briketlar olinadi. So‘ngra T = 260–400 
MPa da ishlanadi. Aluminiy bu yerda bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
САС – bu Fe, Ni, Cr, Mn, Cu bilan legirlangan alumin kukuni bunda 
oz miqdorda Al
2
O
3
bo‘ladi. САС – 1 da 25–30% Si va 7% Ni bor.


105

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling