Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Kristall panjarasi: yoqlari markazlashgan kub; s
v
=9–12 kg/mm
2
(90–120 MPa/m
2
); d=10–25%; НV=25–35; zichligi g=2700 kg/m
3
.
Zichligi – solishtirma og‘irligi 5000 kg/m
3
dan kam bo‘lgan metal-
lar yengil metallar deb nomlanadi. Aluminiy sirtida zich aluminiy 


102
oksid (Al
2
O
3
) pardasi hosil bo‘lib, metallning ichki qismlarini kor-
roziyalanishdan saqlaydi.
Energetika sohasida aluminiyning qotishmalari keng ishlati-
ladi: 
duraluminiy(Al-Cu-Mg), silumin(Al-Si), magnaliy (Al-Mg)
lar, bular, quyish usuli bilan olinadi. Bundan tashqari, aluminiy ku-
kuni qotishmalari ham keng ishlatiladi: pishirilgan aluminiy kuku-
ni (PAK),bunda Al
2
O
3
zarrachalari (6–22%) Al bilan biriktiriladi
pishirilgan aluminiy qotishmalari (PAQ), bular tarkibiga Al
2
O
3
dan 
tashqari Fe, Hi, Cr, Mn, Cu qo‘shiladi (legirlanadi).
Aluminiy tarkibida doimiy elementlar bor: Fe, Si, Cu, Zn, Ti. 
Bularning hajmiga qarab, tozalik bo‘yicha aluminiy quyidagi gu-
ruhlarga bo‘linadi:
1. 
Alohida tozalikdagi aluminiy: A999. Bunda qo‘shimchalar 
miqdori 0,001%.
2. 
Yuqori tozalikdagi aluminiy: A995, A99, A97, A95. Bunda 
qo‘shimchalar 0,05% gacha.
3. 
Texnik tozalikdagi aluminiy: A85, A8, A7, A5, A0. 
Qo‘shimchalar 0,15 …… 1,0%.
Qo‘shimchalar aluminiyning elektrik va texnologik xossala-
riga kuchli ta’sir qiladi, bulardan Fe va Si – asosiylari. Fe elektr 
o‘tkazuvchanlikni va plastiklikni kamaytirib, puxtalikni biroz oshi-
radi. Si, Cu, Mg, Zn, Mn, Hi, Cr –lar puxtaligini oshiradi. Puxtaligi 
yuqori bo‘lmaganidan aluminiydan kuch kam qo‘yilgan detallar
konstruksiyalar, issiqlik o‘tkazish kerak bo‘lgan, korroziya bardosh 
yengil detallar yasaladi. Texnikaviy aluminiydan yarim mahsulot 
listlari va profillar chiqariladi. Yuqori tozalikdagi aluminiydan folga, 
tok o‘tkazadigan va kabel mahsulotlari yasaladi.
Mashinasozlikda aluminiy qotishmalari keng qo‘llaniladi. 
Legirlovchi elementlar sifatida Cu, Mg, Si, Mn, Zn, Li, Ni, Ti, Sb lar 
ishlatiladi.
A – harfi texnikaviy aluminiyligini ko‘rsatadi.
AK – bolg‘alanuvchi texnikaviy aluminiy qotishmasi.
В – yuqori puxtalikdagi aluminiy qotishmasi.
AЛ – quyma aluminiy qotishmasi.
Raqamlardan keyingi harflar quyidagilarni bildiradi:


103
M – yumshoq.
T – termik ishlangan (toblash va puxtalash).
N – pachaqlash hisobiga puxtalikni oshirish.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling