101
8-BoB. RANGLI MeTALLAR VA ULARNING
QOTISHMALARI
8.1 Aluminiy va uning qotishmalari
Aluminiy (Al) – mashinasozlik va elektrotexnikada eng ko‘p
qo‘llanadigan materiallardan biridir. U dunyo bo‘yicha yiliga 15 mln.
tonnadan ko‘p ishlab chiqariladi. Birikma sifatida tabiatda ko‘p tar-
qalgan, metallar ichida birinchi, hamma elementlar ichida – uchinchi
o‘rinda turadi. Mashinasozlik materiali sifatida afzalliklari – yuqori
solishtirma mustahkamlik, elektr va issiq o‘tkazuvchanlik hamda korro-
ziyabardoshlikdan iborat. Fizik – mexanik xususiyatlarini
yaxshilash
uchun legirlanadi. Aviasozlik, kema va mashinasozlikda aluminiy
qotishmalari – quyma usulda
olinadigan duralumin, silumin, mag-
nalin va shu kabilar, shuningdek, kukunli metallurgiya usuli bilan oli-
nadigan aluminiy birikmalari – САП va САС konstruksion material
sifatida ko‘p ishlatiladi.
Aluminiy qotishmalari tayyorlash texnologiyasi, termik ishlov-
dan keyingi mustahkamlanish darajasi va ekspluatatsiya xususiyatlari
bo‘yicha tavsiflanadi. Kukunli metallurgiya
usuli bilan olinadigan
alumin qotishmalari alohida e’tiborga loyiq. Ularning mustahkam-
lik, korroziyabardoshlik, issiqqa mustahkamlik ko‘rsatkichlari ancha
katta. Alumin kukunlarini qizdirib yopishtirilgan materiallarni og‘ir
metall qotishmlari o‘rniga ishlatish mumkin. Alumin
asosidagi ma-
teriallarga termik ishlovlar berib, mustahkamlik va
texnologik tavsif-
larini oshirish mumkin.
Aluminiy metallar orasida eng ko‘p tarqalgani va bu jihatda bi-
rinchi o‘rinda turadi. Mashinasozlikda eng ko‘p tarqalgan,
chunki
nisbiy puxtaligi, elektr va issiqlik yaxshi o‘tkazishi,
zanglamasligi
(korroziyabardoshligi) yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: