Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
Eskirgan leksika. Eski qatlamga oid leksemalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1) tarixiy leksema; 2) arxaik leksema. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiruvchi leksemadir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg‘a, amir, bek, qul, xon, kashkul kabi. Tarixiy leksema bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemaning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko‘ra qo‘llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksema cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin Birinchi gapda millat leksemasining «tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi» sememasi voqelangan bo‘lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning «biror dinga mansublik» tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko‘p sememali leksemaning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo‘lishi mumkin. Arxaizm o‘z o‘rnini boshqa leksemaga bo‘shatib bergan leksik birlik. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgilari iste’moldan chiqib ketadi. Misollar: ulus (xalq), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon). Arxaik leksema o‘zining neytral leksika tarkibidagi «o‘rinbosar»ining «tarixiylik bo‘yog‘i» ifoda semasi bilan farqlanuvchi sinonimidir. Ular atash va vazifa semalari mushtarak birliklar. Tilda bo‘ladigan o‘zgarish uzoq davom etadigan tadrijiy jarayon. Shu boisdan yangi leksema tilga birdan kirib kelmaganligi kabi leksemaning tarixiylashuvi va arxaiklashuvi ham asta-sekinlik bilan yuz beradi. Shu boisdan tarixiylashish va arxaiklashish hodisasini ham darajalash mumkin. Tarixiylashish yoki arxaiklashishning quyi darajasidagi leksema tilning bugungi bosqichida kam bo‘lsa ham, iste’molda bo‘lsa, yuqori darajadagi eskirish natijasida leksema butkul iste’moldan chiqib ketadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling