Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
-mashq. Omonim so‘zlarning har biri qanday ma’nolarni bildirishini ayting
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi
2-mashq. Omonim so‘zlarning har biri qanday ma’nolarni bildirishini ayting.
Ot, o‘t, ko‘r, kir, ol, tor, qil, hol, suz, qovoq, to‘p, tut, olma, soch, oq, ko‘k. Es, oz, son, qo‘y, ich, osh, yoz, bog‘lar, yoy, yosh. Ish yuritish: TAVSIFNOMA Ma'lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnoma muassasa ma'muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar: a) ismi, otaismi va familiyasi; b) tug‘ilgan-yili; d) millati; e) partiyaviyligi; f) ma'lumoti; g) lavozimi; h) ilmiy darajasi va unvoni. 2. Hujjat nomi (Tavsifnoma). 3. Matn. 4. Imzolar. 5. Sana. 6. Muhr.
Adabiy o‘qish: Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi Ibroyim Yusupov 1929-yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog‘ida tavallud topdi. 1949-yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961-yilgacha shu oliy dargohda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1961–1962-yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi uch-yil mobaynida Najim Davqorayev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1965–1980-yillarida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1980–1988-yillarda “Erkin Qoraqalpog‘iston” (sobiq “Sovet Qoraqalpog‘istoni”) gazetasida bosh muharrir, shuningdek, keyingi-yillarda Tinchlik qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga (1988–1994), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga (1994–2000) raislik qildi. Uning she’rlari 40-yillarda matbuotda e’lon qilina boshlandi. Bolaligida qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik-yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan o‘rgandi. Shoir o‘zining ilk asari “Vatanim” she’ri e’lon qilingan paytdan (1946) boshlab, shu bugungacha “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yo‘lovchisiga” (1959), “O‘ylar” (1960), “Yetti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar” (1971), “To‘maris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Ko‘ngildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen...” (1995), “Har kimning o‘z zamoni bor” (2004) kabi she’riy to‘plamlarini nashr ettirdi. Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” to‘plamlari ikki marotaba – 1978–79 va 1992-yillarda nashr qilingan. Turli-yillarda chop etilgan to‘plamlarda shoirning “O‘rtoq muallim”, “Akatsiya gullagan yerda”, “Aktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “To‘maris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning g‘azabi”, “Vatan tuprog‘i” va boshqa doston (poema)lari e’lon etilgan. Bundan tashqari Ibroyim Yusupov bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir ko‘plab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan tarjimondir. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, T.Shevchenko, J.G.Bayron, I.V.Gyote, G.Geyne, F.Shiller she’rlarini, Shekspir sonetlarini, Alisher Navoiy va Hofiz g‘azallarini, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimizni badiiy-g‘oyaviy, shakliy jihatdan turli asarlar ila boyitdi. Ibroyim Yusupov nasr va dramaturgiya sohasida ham qalam tebratdi. 1963-yilda uning “Qari tutning kuzi” nomli hikoyalar, ocherk va publitsistik maqolalar to‘plami bosmadan chiqdi. Shoir “Qirq qiz” pesasini, (Amet Shomuratov bilan birgalikda), 1966-yilda “O‘mirbek laqqi” komediyasini, 1986-yili “Iskandar podshoning tushi” dramasini, 1973-yili “Ajiniyoz” operasi librettosini yaratdi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Berdaq nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi. U uzoq-yillar mobaynida O‘zbekis-ton hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlislariga deputatlikka saylandi. Shoir O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordenlari, bir qator hukumat faxriy yorliqlari va medallari bilan mukofotlandi. Unga 2004-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni berildi. BIR ODAMNI BIR ODAM Qanday yaxshi, birodar,
Bir odamni bir odam, Sevib qolar tanishsa. Bir odamni bir odam, Sog‘inar ayro tushsa. Birov ketsa oradan, Birov unga yig‘laydi. Bir odamdan bir odam, Borib kengash so‘raydi. O‘q otilsa birovga, Jonin qo‘yib garovga. Yetib borar suyovga, Bir odamni bir odam. Yaxshilik gul ocharmi, Xalqlar totuv yasharmi, Suymaganda agarda, Bir odamni bir odam! Sipqorib mehr kosasin, Toshyuraklar yumshasin, Doim sevib yashasin, Bir odamni bir odam! Ma’ruf Jalil tarjimasi AYT SEN AJINIYOZNING QO‘SHIQLARIDAN Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan,
Sozin sabo yodlab, so‘zin yel bilgan. Bir shoir dunyoga keldiyu ketdi, Majnuntol ortidan oyga termulgan, Bir dilbar tushimga kirdiyu ketdi. Qo‘shiq daryo-daryo nur bo‘lib oqsin, Sevgisiz qalblarga ishq o‘tin yoqsin, Qiz yigitga jilva-noz bilan boqsin, Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan. Ayt sen “Bo‘zatov”ni nag‘maga solib, Dili yonmaganning bag‘ri tosh bo‘lsin, Qoraqalpoqning ko‘hna dardi qo‘zg‘alib, Bu kunga boqqani sari mast bo‘lsin. Shoir kezgan cho‘lda bo‘stonlar qator, Bekor bo‘lib ketdi zamon nobakor, Bir ilhom parisin ko‘rdim ishvakor, Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan. Men uni tinglasam qolmay toqatim, Ko‘nglimda sayragan mastona bulbul. Men uni tinglasam tuqqan elatim, Yer jannati bo‘lib ko‘ringay butkul. Yulduzlarni yerga qaratmoq bo‘lsang, Yomon shoirlarni uyaltmoq bo‘lsang, Agar men o‘lganda tiriltmoq bo‘lsang, Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan. Abdulla Oripov tarjimasi 7-mavzu. Matn: XXI ASR – AXBOROT ASRI Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling