Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


O‘zlashgan qatlam belgilari


Download 0.87 Mb.
bet44/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

O‘zlashgan qatlam belgilari

T.r

O‘z qatlamning xususiyatlari

Misollar

1

H, f tovushi va tutuq belgi turkiy so‘zlarda ishtirok etmaydi. Taqlid va undov so‘zlarda qatnashadi.

Fazo, ehtirom, a’lo kabi so‘zlar o‘zbekcha emas. Uf, oh kabi so‘zlar o‘zbekcha.

2

O‘zbck tilidagi so‘zlar v, g, z, 1, r tovushlari bilan boshlanmaydi.

Vatan, gap, zal, lola, Ra’no kabi so‘zlar o‘zbekcha emas. Go‘zal so‘zi bundan mustasno.

3

Unlilar yonma-yon kelmaydi.

Soat, shoir, maorif, oila kabi so‘zlar arabcha so‘zlardir.

4

Bir bo‘g‘inda yonma-yon o‘zbckcha so‘zlar kelmaydi. rq, st, rk, rt, rch, lt kabi qo‘llanish uchraydi.

Qirq, ost, ust, berk, bo‘rt, art, arch, elt kabilar. Baxt, go‘sht kabilar tojikcha so‘zlardir.

5

Turkiy so‘zlar omonim bo‘ladi.

Tut, yoz

6

So‘zlarning asosi asosan 1-2 bo‘g‘inli bo‘ladi.

Sevinch, quvonch kabi.

7

Bir bo‘g‘inli so‘zlar asosan undosh+unli+undosh shaklida bo‘ladi.

Kel, ket

8

Ikki bo‘g‘inli so‘z asosan ochiq bo‘g‘inlardan tuziladi.

Bola, dala kabi.

9

So‘z oxiri e, o, o‘ tovushlari bilan tugamaydi.

Mavqe, obro‘, xudo kabi so‘zlar o‘zbekcha emas

10

Fe'ldan yasalgan har qanday so‘z turkiy so‘z bo‘ladi.

Taroq, qo‘rqoq, tiniq kabi.

11

Fe’l, son, taqlid so‘zlar o‘z qatlamga mansubdir.

Olmoq, ming, g‘iz-g‘iz kabi.



Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning belgilari:
1.h, f tovushlari, tutuq belgili so‘zlar bo‘ladi:( Fursat, maftun, hayot, hakam, ma’no, sa’va).
2. ot, -at, -illo, -ullo, -iy, -viy qo‘shimchalari bilan tugaydigan so‘zlar bo‘ladi. Adabiyot, shaxsiyat, Abdullo, ilmiy, tarbiyaviy.
3. Faqat unlilar o‘zgartirilib yangi so‘zlar hosil qilingan bo‘ladi. Hukm, hokim, hakam, mahkama, hokimiyat; kitob, kutubxona, maktab.
4. So‘z boshida ik, iq, ak, mu, ma kabi unsurlar bo‘ladi. Ikrom, iqror, akram, maktab, mahorat.
5. Ikki unli yonma-yon keladi. Tabiiy, manfaat, mudofaa.
6. Arabcha so‘zlar tarkibida j, ch, p, ng tovushlari uchramaydi. Ajdar, padar, tong kabi so‘zlar arabcha emas
7. Diniy atamalar, turli soha nomlari, ismlarning ko‘pchiligi arabcha so‘zlardir. Halol, qodir, qonun, san’at, iihom, muhandis, odob, amal, inson.
8. Sirg‘aluvchi j tovushi ko‘p uchraydi. gijda, mujda.
Forscha so‘zlarning xususiyatlari:
1.Bir bo‘g‘inda ikki undosh keladi. baxt, daraxt, farzand
2.Cho‘ziq о unlisi mavjud so‘zlar ko‘p uchraydi. bahor, non.
3.хо'r, -noma, -do‘z, -namo, -boz, -dor, -mand, no-, -bon, ba-, be- -bon kabi qo‘shim- chalar bo‘ladi. ijaraxo‘r, aybnoma, zardo‘z, telbanamo, masxaraboz, minnatdor, kasalmand, noto‘g‘ri, bog‘bon, befarosat, baodob, betakalluf.
 1-mashq. Gaplardagi eskirgan so‘zlarni toping.
Dehqonlarning so‘nggi hisoblariga ko‘ra, bug‘doylari besh botmon chiqishi kerak edi (S.Ayn.). 2. Bir chekkada bizning chilimga o‘xshagan, lekin nay o‘rniga uzun rezinka o‘rnatilgan bir balo (M.Ism.). 3. U qishloqlarda faqat qiz cho‘rilardan qirq nafar bo‘lib, ularga egalari ko‘p zulm qilar ekanlar (S.Ayn.). 4. Xo‘jayin podshoga o‘lpon to‘laganda biz to‘lamaymizmi? (N.Saf.). 5. Said Abdullaxon to‘ra ot ustida turgan holda o‘zining ingichka ovozi bilan biyga savol qildi (Mirm.). 6. Choyxonada uzun bo‘yli, uzun quloqli qalandar ko‘zlarini yumib... Mashrabdan g‘azallar o‘qiydi. (Oyb.).
2-mаshq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning zamonaviy sinonimlarini toping.
O‘rxun-Enasoy obidalari V–VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham

shunday nomlangan. Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizgacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham O‘rxun yozuvidan foydalanilgan.


O‘zbekiston hududida 20dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan. Yirik O‘rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va boshqa yozuvdagi yodnomalar adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732-yilda Turk xoqonligining lashkarboshisi sharafiga o‘rnatilgan. Bitiktosh 2 qismdan: Kichik va Ulug‘ bitikdan iborat. Vatan manfaati yo‘lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta bo‘lishi uchun kurash bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabg‘ach, Tibet, Sug‘d, Turgash, Qirg‘iz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi. Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan o‘qilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Shuningdek, AQSH, Polsha, Vengriya, Finlandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling