Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mavzu. Matn: TABIAT VA INSON


Download 0.87 Mb.
bet52/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

9-mavzu. Matn: TABIAT VA INSON
Nazariy ma’lumot: So‘zlarning ko‘chma ma’nolari.O‘zbek tilida metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik hodisalari.
Ish yuritish: Bildirishnoma.
Adabiy o‘qish: Cho‘lpon “Go‘zal” she’ri.


Tabiat va inson
Inson va tabiat... Hozir biz aniq bilamiz-ki, tabiatsiz yashay olmaymiz. Tabiat esa bizsiz ham mavjud bo‘laveradi va hech qachon o‘z-o‘zini nobud qilmaydi. Tabiat muvozanatining buzilishiga faqat insonlargina sabab bo‘la oladi. Tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan inson tashqi muhit: yer, suv, havo va atrofida yashovchi barcha mavjudotlar bilan chambarchas bog‘liq. Bir vaqtlar bo‘ri, tulki kabi yirtqich hayvon va qushlarni qirib tashlashga kirishilgan edi. Natijada bo‘rilar kamayib ketgan joylarda bug‘ular kasallikka uchrab qoldi. Tulki va yirtqich qushlar bo‘lmagan joylarda kemiruvchilar shu darajada ko‘payib ketdiki, ular qanchadan-qancha g‘allani yeb qo‘ydi. Yirtqich hayvonlar va ularning o‘ljalari minglarcha-yillardan beri yonma-yon yashab keladi. Bunga sabab tabiat muvozanatidir. Inson tabiatdagi ana shu munosabatni esdan chiqarmasligi kerak. Bolalik chog‘imizdanoq o‘z tabiatimizni, o‘simliklar va hayvonot olamini sevishimiz va asrashimiz lozim. Zero, o‘z vatanini sevgan inson uning tabiatini ham sevadi.
1-topshiriq.
1. Tabiatga munosabat haqida bahs-munorazaga kirishing.
2. O‘zingiz yoqtirgan tabiat hadisalari va ularga munosabat haqida so‘zlab bering.
OROL DENGIZI
Orol dengizi – O‘rta Osiyodagi eng katta berk sho‘r ko‘l. Ma’muriy jihatdan Orol dengizining yarmidan ko‘proq janubi-g‘arbiy qismi O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston), shimoli-sharqiy qismi Qozog‘iston hududida joylashgan. O‘tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o‘rtacha 68,0 ming kv.km ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi o‘rinda edi. Orol dengizida suv sathining yil davomida o‘zgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bog‘liq. Bahorgi yomg‘irdan ham dengiz sathi ko‘tariladi. Suvi sathining yil davomida o‘zgarish amplitudasi o‘rtacha 25 sm. ga teng bo‘lgan. Suvining sho‘rligi o‘rtacha 10 –11 %. Suvdagi tuzlarning ko‘p qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, suvi Kaspiy dengizi suviga o‘xshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. tonnaga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq bo‘ladi. Yoz oylarida ham 24 metr chuqurlikkacha dengizning tubi ko‘rinadi. Suvining rangi ko‘pgina qismida ko‘k, qirg‘oqlariga yaqini ko‘kimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr o‘rtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi harorati 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan harorat tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda harorat 8°ga o‘zgaradi. Dengiz ustida havoning o‘rtacha harorati yozda 24–26°, qishda –7°, – 13,5° bo‘ladi. Dengizda kema qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Mo‘ynoq kabi yirik portlar faoliyat ko‘rsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam bo‘lgan. Aholi, asosan, baliqchilik bilan va, qisman, chorvachilik, ondatra urchitish va sabzavotpolizchilik bilan shug‘ullangan. O‘tgan asrning 90-yilllarigacha dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Mo‘ynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida ko‘p sonli baliq ovlash xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Ko‘korol o.), Bugun posyolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan.
Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848-49 yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan. Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bog‘liq, shuning uchun bu ikki daryo suvi sug‘orishga qancha ko‘p sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, o‘tgan asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan yilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi juda tez pasaya boshladi. Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sig‘imiga ta’siri Orol dengizida suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin ta’sir ko‘rsatdi: 1911-60 yillarda dengiz sathi o‘rtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltiq sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km3, dengiz yuzasiga yog‘gan atmosfera yog‘inlari miqdori esa 9,1 km3 ga teng bo‘lgan. Sarflanish, ya’ni chiqim esa, asosan, bug‘lanishdan iborat bo‘lib, shu davrda o‘rtacha 66,1 km3 ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km3 dan, 1911-60 yillar davomida 50 km3 hajmdagi suvni yo‘qotgan. Hozirgi kunda Orol dengizi 3 bo‘lakka bo‘lingan: birinchisi – kichik va sayoz shimoliy qismi (sho‘rligi – 8-13g/l); ikkinchisi – nisbatan kattaroq maydonga ega bo‘lgan va sayoz sharqiy qismi (sho‘rligi – 69-72 g/l); uchinchisi – eng chuqur hisoblangan g‘arbiy qismi (sho‘rligi – 68-69 g/l).



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling